Reading time 3 mins
Ko’pchiligimiz, ko’p yillardan beri Windows tizimi bilan ishlaymiz, shunga qaramasdan ba’zi kechirib bo’lmas xatolarni qilamiz, oqibatda tez-tez tizimni qayta o’rnatamiz yoki sekin ishlaydigan kompyuter bilan asablarimizni ketkazamiz.
Quyida, Windows tizimi bilan ishlashda, yo’lga qo’yiladigan asosiy xatolarni sanab o’taman:
- Kerak bo’lmagan dasturlarni o’rnatish. Rasm ochish uchun 3 ta dastur, video ko’rish uchun 15 ta dastur, grafika bilan ishlash uchun 85 ta dastur…. Kim qaysi dastur yaxshi desa o’shani qo’yib ketaverish. Bu vinchesterdan joy egallaydi, avtozagruzkani ko’paytiradi, tezkor xotiradan doimiy joy olib yotadi, imi-jimida orqa fonda yangilanib boradi. Natijada, qimmat kompyuteringiz sekin ishlashni boshlaydi.
- Dasturlarni xato o’chirish. Bu ham asosiy muammolardan biri, dastur o’rnatilgan papka to’liq o’chirib tashlanadi, yoki Windows utilitasi bilan dastur o’chirishni boshlab, o’chirish davomida qandaydir xatolik chiqsa, eeee deb yana o’sha dastur o’rnatilgan papkaga borib, barcha fayllar qo’lda o’chiriladi. Natijada, kompyuter emas axlat qutisi bo’lib qoladi. Dasturlarni o’chirishda Windows utilitasi(Пуск→Панель управления→Программы и компоненты) yoki maxsus dasturlardan(Revo Uninstall) foydalaning.
- Dasturlar o’rnatish jarayonida qo’shimcha dasturlarni o’rnatib qolinishi. Ba’zi dasturlarni o’rnatish jarayonida, sizdan ushbu dasturga qo’shimcha mana bu dasturlarni ham o’rnataman degan oyna chiqadi, siz ahamiyat bermaysiz va kompyuterga ular o’rnatiladi, gap mana bunga o’xshagan dasturlar haqida ketmoqda: Amigo, Yandex brauzer, Mail.ru, UnityPlayer vahakazo. Siz ularni o’rnatmagansiz, lekin qidirib ko’ring sizda o’rnatilgan bo’lishi mumkin.
- Norasmiy Windows versiyasi. Hammamiz crack orqali ishlatadigan versiya emas, balki ba’zilar tomonidan o’zgartirishlar kiritilgan, misol uchun: imkoniyatlari kesilgan, tizim bilan birga qo’shimcha dasturlar o’rnatadigan, har xil “наварот” qilingan versiyalar. Ular asosan, torrent saytlarida bo’ladi.
- Kerak bo’lmagan drayverlarni o’rnatish. Windows tizimini o’rnatdingiz, endi drayverlarni o’rnatish lozim, qandaydir, drayverlar yig’ilgan dasturni ochasiz(SamDrivers, DriverPack) va bilib-bilmasdan drayverlarni qo’yib tashlaysiz, ba’zilar esa mavjud hammasini qo’yib tashlaydi va kompyuter qotishni boshlaydi, qurilmalar to’liq ishlamayadi vahakazo.
- Windows interfeysini o’zgartirish. Har xil 3D effektli ish stoli hosil qilish, ob-havo ma’lumotlarini chiroyli grafikda chiqarib qo’yish, soatlar ko’rsatilishiga umuman gap yo’q, ish stolida animatsionli rasmlar vahakazo. To’g’ri, bular hammasi chiroyli lekin, bizga chiroy emas, balki tez ishlaydigan, qulay, “шустрый” kompyuter kerak.
- Bittadan ko’p antivirus dasturini o’rnatish. Bu hodisa o’zimda ham bo’lgan, Windows XP tizimi bilan, Kaspersky va Doctor Web antivirslarini o’rnatganman va tamom, tizimni qayta o’rnatishga to’g’ri kelgan.
Har bir antivirusni o’z algoritmi bo’ladi, ya’ni fayllar qachon, qanday tekshirish kerakligi. Agar, ikkita antivirus bir vaqtda tekshirishni boshlasa, tamom kompyuter shunaqangi osiladi, umuman ish qilaolmaysiz. Ikkita antivirusni o’rnatishingiz bilan, darhol bilinadi xato qilganingiz, darhol tezlik pasayadi, shu sababli bu ishni qilib yurmang. - Kompyuterni to’g’ri o’chirmaslik. Hali ham o’chirish/yoqish tugmasini bosgan holda o’chiradiganlar bor. Bu bilan siz kompyuterni qayta yoqilishini xavf ostiga qo’yasiz, uning ustiga vaqtinchalik fayllar yig’ilib ketishiga sharoit yaratib berasiz. Bunday o’chirishdan so’ng, ba’zi dasturlar ishlamay qolishi, siz saqladim deb o’ylagan xujjatlar saqlanmagan bo’lishi, agar fon rejimida qandaydir dastur yangilanayotgan bo’lsa, keyinchalik dastur ishlamay qolishi mumkin bo’ladi.
Manba: Planetait
Fikr bildirish