TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Posted by

   Reading time 7 mins

Telegram adminlari uchun eng foydali foydali servizlardan biri bu tgstat.ru. Mazkur sayt orqali siz o`zingizga kerakli kanallarni statistikasini topishingiz mumkin.

Пример HTML-страницы

Keling misol tariqasida bir kanalni analiz qilamiz:

TGstat.ru saytiga kiring va Узбекистан bo`limiga kiring.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Kataloglar bo`limidan o`zingizga kerakli bo`limni tanlab, kanallarni o`rganishni boshlaymiz. Masalan – Новости и СМИ(Yangiliklar va OAV). Statistika uchun davrni – Позавчера (O`tgan kuni) ni tanlaymiz.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Kanallarni analiz qilishdan oldin, TGstatning ko`rsatkichlari bilan tanishib chiqsak:

Подписчики – Kanalga a`zo bo`lgan obunachilarning soni

Прирост – Biz tangalan davr(O`tgan kuni) dagi kanalga qo`shilgan yangi obunachilar soni

Суммарныйохват – Belgilangan davrdagi barcha postlarning umumiy namoyishlari soni.

Охват 1 поста – 1 ta postning o`rtacha qamrovi (namoyishlari)

ERR % — Auditoriyaning kanalning postlariga bo`lgan qiziqishlari o`lchovi % da.

ERR = 1 ta post qamrovi / obunachilar soni * 100 formulasi orqali hisoblanadi.

ИЦ – Mashxurlik indeksi. Mazkur kanalning boshqa kanallarda qanchalik eslatilgani hisobi.

Yuqoridagi ko`rsatkichlar bizga kanal haqida deyarli to`liq ma`lumot beradi. Ularni to`g`ri analiz qilish orqali samarali reklama sotib olishni o`rganamiz.

Misol uchun Kun.uz kanalini analiz qilamiz:

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Rasmdagi diagramma kanalning 7 kun ichidagi obunachilar oqimini namoyish etadi.

Kun.uz da so`nggi haftada o`sish 770.000 tadan 800.000 ga ya`ni 30.000 ta obunachiga oshgan.

O`sish 25-oktabrdan boshlab kuzatilgan. Ya`ni shu davr ichida kanal yangi obunachilarni jalb qilishni boshlagan (reklama yoki konkurs orqali)

Lekin, haftalik postlarning namoyishlari soni 9.300.000 dan 9.100.000 ta ya`ni 200.000 ga kamaygan.

Mantiqan o`ylab qarasak – kanalga yangi obunachilar qo`shilganu lekin namoyishlar ko’paymagan. Yangi obunachilar ichida botlar ham bor deyish mumkin.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Diagrammadagi qizil rangli ustunlar – Kanalning postlari

Yashil ustunlar–Boshqa kanallardan repost qilingan postlar

Sifatli kanalda repostlar judayam kam bo`ladi. Boshqa postlarni kanalda repost qilish orqali obunachilarni to`plash katta xato va unday kanallardan reklama sotib olishni maslahat bermayman. Iloji boricha yashil ustunchalar kam bo`lsin.

Mashxurlik darajasi yodingizdami (ИЦ) . Yuqoridagi rasm uning qanday hisoblanishini ko`rsatadi.

Qizil ustunlar – Kun.uz kanalidagi postlar qanchasi repost qilinganini bildiriadi

Yashil ustunlar – Kun.uz kanali boshqa kanallarda necha marotaba eslatilganini bildiradi.

Eslatilgan deganda, Kun.uz kanalining ssilkasi boshqa kanalning postlarida ishtirok etgani (ИЦ) nazarda tutiladi.

Asosan, reklama sotib olganda, repostlar ko’p bo’lganda bu ko`rsatkich (ИЦ) ko`tariladi. Chunki, reklama postida kun.uz kanaliga to`g`ridan to`g`ri ssilka qo`yiladi.

Kun.uz kanalidagi postlarini qaysi kanallar repost qilgani yoki Kun.uz qaysi kanallardan reklama sotib olganligi quyidagi rasmda ko`rishingiz mumkin.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

O`ng tarafdagi ssilkalarga e`tibor bering:

Репостнул запись – Kanaldan postni repost qilgani

Упомянул канал – Reklama sotib olganini bildiradi.

Bu ssilkalarga bosib, kun.uzni qaysi kanallar repost qilgani va qaysi kanallardan reklama sotib olganini bilishingiz mumkin.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Bu ko`rsatkich — Kun.uz kanalida qo`yilgan REKLAMA postlari ya`ni Daromadni bildiradi. Kanalda qo`yilgan har bir reklama pullik ekanini hisobga olsak, kanalda 25-oktabrdan 28-oktabrgacha 6 ta reklama posti qo`yilgan.

Kanal analizi uchun xulosa

Kanalni analiz qilish uchun bizga bu ko`rsatkichlarni hammasi kerak emas. Diagrammalardan: obunachilar o`sgan vaqtni qarang va postlarning namoyishlari diagrammasiga nazar soling:

  • Agar obunachilar soni ko`paysayu, namoyishlar ko`paymasa yoki tushib ketsa – Kanal usha kuni nakrutka qilingan bo`ladi.
  • Agar Obunachilar va Namoyishlar ko`paygan bo`lsa – Kanal usha kuni reklama sotib olgan yoki VP,MEGA larda qatnashgan bo`ladi.

MEGA – 10 dan oshiq turli mavzulardagi kanallar bitta postga o’z kanal ssilkalarini yozib, o`z kanallarida ulashadilar. Bu usul orqali tekinga yangi obunachilarni qabul qilish mumkin. Lekin buning uchun har kuni megada qatnashish kerak. Har kuni kanalga megani reklamasini qo’yish eski obunachilarni yo’qotishga sabab bo’ladi.

Agar kanal VP yoki MEGA larda qatnashgan bo’lsa, u kanaldan reklama sotib olishni maslahat bermayman. Chunki auditoriyasi aralash va maqsadsiz bo’ladi.

  • ERR ko`rsatkichiga e`tibor bering u 60% dan baland bo`lsin.
  • Kanalga qilingan repostlar kam bo`lishi kerak. Ya`ni barcha postlar kanalning adminiga tegishli bo`lishi lozim.

Kanal 1 kunda 1 tadan oshiq reklama posti qo`ymasligi lozim. Chunki, qancha ko`p reklama qo`yilsa, uning obunachilari shunchalik bezillagan bo`ladi. Bunday obunachilar uchun reklama yoqimsiz postdek tuyuladi va ularni o`tqazib yuborishligi mumkin.

Samarali reklama sotib olish siri

Reklamani kanalingiz mavzusiga o’xshash kanallardan sotib oling. Chunki, bunday kanalda tayyor auditoriya bo’ladi.

Agar siz Texnologiya haqida blog ochgan bo’lsangiz, oshpaslik yoki ayollarga tegishli kanalda reklama sotib olmaysizku. Aksincha, kompyuter, dasturlar yoki dasturchilarga aloqador kanallardan reklama sotib olasiz.

Sizning kanalingizga qanday odamlar qiziqadi ?

Ular qanday kanallarda vaqt o’tqazishadi ?

Shu savollarga javob bo’la oladigan kanallardan reklama sotib oling.

Kanallarni telegram qidiruv tizimi yoki http://TGstat.ruhttp://uztelegram.comhttps://tgrm.su topishingiz mumkin.

Reklama postlari kanalda 24 soat turadi. Shu sababli, sizga eng kerakli ma`lumotlardan biri bu – 1 ta post 24 soat ichida qancha namoyish olishi va kanal obunachilari soni kerak. Kerakli kanalni TGstat orqali analiz qilganingizdan so`ng, kanalni o`ziga kiring.

Men maqolani 29 oktabr 12:00 da yozdim. Demak, menga 28-oktabr 12:00 da yoki shu soatga yaqinroq vaqtdagi kanalga joylangan postni namoyishlari sonini bilishim kerak.

TGSTAT orqali kanallarni analiz qilish

Demak, men 28-oktabrda reklama buyurtma berganimda reklama postnimni 180.800 ta odam ko`rgan bo`lar edi. 

Bozorni o`rganing!

Kanalda reklama sotib olish uchun uning infosiga kiring. Ko`pincha adminlar reklama yoki hamkorlik uchun deb o`z loginlarini yozib qo`yishadi. Yoki, prays list yozilgan kanalga ssilka qo`yishadi. Unga kirib, admin bilan bog`laning va narxini surishtiring. Agar narxdan o’tib berish ilojisi bo’lsa, uni ham so’rash lozim.

Bitta kanalni ko`rib, undan reklama sotib olishga shoshilmang.

Reklama sotib olish uchun bir necha kanallarni kuzating va ularni statistikalarini alohida faylga/daftarga yozib qo`ying. Masalan men Excel dasturida jadval qilib qo`yganman. Shu orqali kanallarni bir biriga solishtirib, kam harajatga ko`p obunachili kanalda reklama sotib olaman.

Shu yo`sinda, o`zingiz uchun kerakli kanallarni tanlab oling, narxlarini surishtiring va jadvalga yozib chiqing. Qaysi kanaldan reklama sotib olish sizga yaqqol ko`rinadi. Bizning holatda UZ-MDK.

Obunachilar sizga qanchaga aylandi ?

Reklama sotib olishdan oldin, kanalda qancha obunachi borligini yozib qo`ying. Reklamadan keyin, qancha yangi obunachilar qo`shilganini quyidagi formula orqali hisoblanadi.

O`sish = Reklamadan oldingi obunachilar – Reklamadan keyingi obunachilar

1 ta obunachi narxi = Reklamaga tikilgan pul / O`sish

Masalan:

Reklamaga 2.000.000 tikildi va sizga 500 ta yangi obunachi keldi. 2.000.000 / 500 = 4.000 so`m

1 ta obunachi sizga 4.000 so`mdan aylandi.

Jurnal yuriting!

Yuqorida reklama sotib olish uchun nomzod kanallar ro`yhatini tuzgan edik. Endi esa reklama sotib olganimizdan keyin natijalarni yozib qo`yish uchun yana ro`yhat tuzamiz va bu ro`yhatni Jurnal deb atasak ham bo`ladi.

Jurnal yuritish orqali siz qaysi reklama postingniz samaraliroq va qaysi kanaldan reklama sotib olish yaxshiroq ekanini bilishga yordam beradi.

Har safar reklama sotib olganingizdan so`ng quyidagi ma`lumotlarni yon daftarcha/excel yoki eslatma ”заметка” ga yozib qo`ying:

  • Kanal nomi
  • Reklama narxi
  • Qancha obunachi kelgani
  • Obunachilar necha puldan aylangani
  • Qaysi reklama postini ishlatganingiz haqida

Bir necha reklama haridlaridan keyin sizda analitika uchun ma`lumotlar to`planadi va siz eng yaxshi reklama posti va obunachilaringiz uchun o`rtacha narxni belgilab olasiz.

Manba: webology.uz

Пример HTML-страницы

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights