Telegramda pul ishlashning oson yo’li

Posted by

   Reading time 2 mins

“Telegramda pul ishlashning oson yo’li” bu reklama sotish orqali daromad qilish bo’lib deyarli hamma telegram kanallar shu orqali daromad qiladi. Umuman olganda internetda ishlanadigan pullarning 70-80% REKLAMA hissasiga to’gri keladi. Eng katta qidiruv tizimi va video hostingiga ega bo’lgan Google kampaniyasining ham daromadi reklama hisobladi. Internetda pul ishlash sohasiga endigina qadam qo’yayotgan yoki bu sohadan habari bo’lmagan insonlarda notog’ri tushunchalar mavjud. Men bularndan bir nechtasini keltirib o’taman:

Пример HTML-страницы

“Men foydalangan trafikgan sayt yoki telegram kanal egalariga ma’lum bir miqdorda beriladi.” – Siz pul sarflagan trafik internet pravayderlari va mobil aloqa operatorlarining cho’ntagini qapaytiradi holos.

“Obunachilar sonidan yoki yotubeda likelar sonidan pul ishlashadi. Shunga obuna bo’ling like bo’sing deyaverishadi” – Siz obuna bo’lgan telegram, instagram, youtube, kanallarga kampaniyalar obunachilar soni uchun pul to’lashmaydi. To’g’ri yo’q emas bor obunachilar soniga va hattoki likelar sonidan ham pul ishlash mumkin bo’lgan saytlar bor.(Bu saytlar haqida ham kelgusi maqolalarda sekin asta yoritib boramiz) Nima bo’lganda ham internet sohasida yani kanal, sayt egalarinig asosiy daromad manbai reklama hisoblandi.

Telegram, Instagram, Youtube kabi kanallar orqali REKLAMAdan tashqari daromad olish mumin bo’lgan yo’lar ham mavjud. Bular haqida kelgusi maqolada batafsil ma’lumot beraman.

Telegramda pul ishlashning oson yo'li

Reklama — bu xizmat ko’rsatish. Uni huddi tovar kabi sotsa bo’ladi. Bizning vazifamiz, arzonroqdan reklama sotib olish va uni qimmatroqga sotish. O’rtadagi farq — bizning foydamiz hisoblanadi.

Bunday pul aylanmasini hosil qilish uchun bizga aktiv — Telegram kanal ochish kerak bo’ladi.

Telegram kanal ochiladi, uni kontent bilan to’ldiriladi va unga reklama sotib olish va boshqa usullar bilan odam (obunachilar) to’planadi.

Obunachilar soni 5.000 dan oshgandan so’ng, reklama beruvchilarga o’z kanalimizda reklama sotishimiz mumkinligi haqida habar beramiz.

Reklama beruvchilar bizning kanalga o’z reklamalarini joylashtirish evaziga bizga haq to’laydilar.

Foyda qanday xisoblanadi ?

Foydani oyni oxirida xisoblash kerak. Sotgan reklamalarimizdan chiqgan daromaddan, Reklama uchun qilgan xarajatimizni ayiramiz va sof foydani chiqaramiz.

Oltin qoida

Pul oqimi doimiy bo’lishi uchun reklamaga doimiy ravishda xarajat qilib turish kerak.

Reklamaga pul tikish to’xtashi bilan, obunachilar oqimi ham susayib ketadi va bora bora to’xtab qoladi. Daromad — obunachilar soniga to’g’ridan to’g’ri bog’liq!

Bu usul bilan pul ishlashda qo’shimcha bilimlar kerak emas. Lekin, kichik nyuans bor.

Har safar kanalga reklama joylashtirganingizda obunachilarni bir qismi chiqib ketadi. Aslida bu normal xolat. Chunki ular kanalingizga ma’lumot olgani kirishadi va unda reklamani ko’rgach hafsalasi pir bo’lib, kanaldan chiqib ketishadi.

Shuning uchun ham yuqorida ta’kidlab o’tganimdek, bu usuldagi kanallar doimiy reklamaga muxtoj.

Maqolada Webology.uz  sayti ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Пример HTML-страницы

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights