Telegram kanalga yo’nalish tanlaymiz

Posted by

   Reading time 11 mins

Telegram kanalga yo’nalish tanlaymiz

Tematika tanlashdan avval, “nisha” degan so`z bilan tanishib olsak.

Пример HTML-страницы

Nisha – Bozorning raqobatchilar tomonidan yetarli darajada ishlatilmagan qismiga aytiladi. Ma`lum bir sohaning yo`nalishini tanlash – nishani tanlash deyiladi.

Masalan:

Yangiliklar – bu soha. Undagi Siyosiy yangiliklar, shou-biznes yangiliklari, texnologiya yangiliklari – bu nisha.

Sizning tanlagan nishaga odamlarning ehtiyoji bo`lsa va raqobat kuchli bo`lmasa – kanalingiz omadga erishish ehtimoli yuqori bo`ladi.

Yaxshilab e`tibor bersangiz, har bir sohaning hali egallanmagan nuqtalari (nisha) si bor. Odamlarning ma’lum bir qismi aynan shu nuqtaga ehtiyojlari bor. Usha bir qism — sizning auditoriyangiz hisoblanadi.

Kanal tematikasini tanlash – eng muhim etaplardan biri . Agar sizda yaxshi nisha bo`lsa, kontent zo`r bo`lmasa ham kanal yurib ketadi. Telegram kanal uchun nishani izlash, biznesda nishani izlash bilan o`xshashib ketadi.

Asosiy g`oya – Kanalga ko`proq sifatli va pul to`lashga qurbi yetadigan auditoriya (odamlar)ni jalb qilish.

Qanday kanal turlari bor ?

Nishani tanlashdan oldin, aynan qaysi yo`nalishdagi kanallar bilan shug`ullanishimizni kelishib olaylik.

Kanal turlari:

  • Ma`lumot ulashuvchi – Yangiliklar OAV, fan-ta`lim kanallari va tematik (biron mavzuga bag`ishlangan) kanallar. Obunachi o`zi uchun qimmatli ma`lumotnotni – rasm, video, qo`llanma yoki maqola ko`rinishida oladi.
  • Ko`ngil ochar – Hajviy kanallar : gif, latifa, qiziqchilar. Miyyaga hech qanday bosim bermaydigan kanallar.
  • Savdo kanallari – Onlayn do`konlar, servizlar, firmalar va boshqa tashkilotlarning kanallari. Bu yerda turli xil tovarlar sotiladi, chegirmalar haqida habar beriladi, xizmatlar reklama qilinadi yoki haridorlarga texnik yordam beriladi.Savdo va ma`lumot ulashuvchi – O`z maxsulotlarini sotibgina qolmay, qiziqarli va foydali ma`lumotlarni ulashadigan kanallar.

Reklama orqali daromad olishni hohlar ekanmiz, kanalni 2 xil yo`l bilan to`ldirishimiz lozim:

  • Avtorlik kontenti – o`zingiz yozgan maqola yoki yasagan video. Hech qanday ko`chirishlarsiz. Bunday kontent doim sifatli va obunachilarni ishonchini oshishiga sabab bo`ladi. Avtorlik kontentini yaratish uchun siz shu sohada erkin ekspert yoki shu sohaga tegishli tajribangiz bo`lishi kerak. Bu avtorning shaxsiy brendi yoki istalgan personaj bo`lishi mumkin.
  • Ko`chirma kontent – bu sifat darajasidan eng pastda turadigan va original bo`lmagan kontent. Ya`ni boshqa kanal/sayt/ijtimoiy tarmoqlardan olingan video/rasm yoki maqolalar. Bunday kontent bilan kanalga 1 kunda 10 ta post qo`shsangiz bo`ladi. Ko’chirma kontentdagi kanallarda sifatga emas songa e’tibor beriladi. Kanallani dodasi misol.

Agar sizning aynan bir sohaga tegishli bilimingiz bo`lmasa ko`chirma kontent orqali kanalni to`ldirishingiz mumkin.

Kanal nishasi

Kanal nishasi (yoki istalgan biznes nishasi) bu – Inson hayotida uchraydigan, to`la yoki umuman qondirilmagan ehtiyojlariga va javobsiz savollariga ega qismi. 

Kanaldagi kontent esa shu savollarga javobmuammoni yechimi o`rnida bo`lishi kerak. Abraham maslou (buyuk psixolog) inson ehtiyojlari piramidasini tuzib chiqgan. Mazkur piramida, hayotimizda uchraydigan ehtiyojlarni ko`rsatadi. Bu ehtiyojlar inson o`sishi va rivojlanishi davomida hosil bo`ladi

Pastki uch daraja eng kenglari. Aynan shu yerda 80% odam qotib qolgan. Shuning uchun ham mazkur uch yo’nalishga ega nishalarga talab ko`proq va auditoriyasi katta. Boshqa tarafdan o`rta va yuqori darajadagi auditoriya kichik bo’lsa ham aqlliroq va qimmatroq bo`ladi.

Qiziqishlar haqida unutmang

Agar avtorlik kontentini orqali kanalni to`ldirsangiz bu tematika sizga qiziq bo`lishi va bu sohaga tegishli bilim/tajribangiz bo`lishi kerak.

Bu juda muhim. Asosiy vaqtingizni divanda o`tkaza turib, boks yoki futbol haqida ajoyib kontent tayyorlashning iloji yo`q. Ayniqsa nokaut va nogdaunning farqiga bormasangiz. Bu hazil albatta.

O`zingiz boshqa sohada faoliyat yurta turib, boshqa mavzuga judayam qiziqsangiz bu o`zingizni ko`rsatish uchun ajoyib imkoniyat.

Kanalning asosiy g`oyasini tanlash

Muammo yechimi

Kanal tematikasi(mavzusi) ni tanlashda eng yaxshi strategiyalardan biri bu muammolarni inobatga olish hisoblanadi. Kanaldagi kontent aniq bir muammoga yechim berishi kerak. Masalan: @webology_uz – undagi har bir maqola adminlar va shunchaki havaskorlar uchun foydali maqolalar va muammolarni yechimini beradi. O`zbekistonda bu sohada raqobatchilar ham reklama beruvchilar ham kam.

Qo`rquv

Nishani tanlashning yana bir yo`li bu – qo`rquv va uni yengib o`tish asosida. Inson qorquvlari bir biriga o`xshash va shu sabab unga barham berish uchun ham kanalingizni qiziqish bilan o`qishadi.

Mana bir necha sabab:

  • Yolg`izlikdan qo`rqishNisha : munosabatlar, sevgi
  • Nima haqida yozamiz: Hayotda sevgini izlab topish, munosabatlar psixologiyasi, er xotinlik
  • Omadsizlikdan qo`rqishNisha: ma’naviy kuchli bo’lish, o`z o`zini rivojlantirish, shaxsiyatning o`sishi
  • Nima haqida yozamiz: Omadga erishish haqida, yanada samaraliroq bo`lish, unumdor mehnat, barchasiga ulgurish, hurmatga erishish va h.k.
  • Kambag`al bo`lib qo`lishNisha : Boylik
  • Nima haqida yozamiz: Investitsiyalar, pul tikish, biznes g`oyalar, pullarni jamg`arish, moliyaviy bilim.

Nishalarni qayerdan izlash kerak ?

Birinchi navbatda sizning qiziqishlaringiz bu – nishalar. O`zingizni barcha hobbi va qiziqishlaringizni yozib chiqing va ular ichidan qaysi birida yaxshiroq bilimga egasiz yoki ega bo`lish istagidasiz, shuni aniqlang.

Avtorlik kontentining formulasi – O`z bilimlarimizni olamiz, qayta ishlaymiz va kontentga aylantiramiz. Agar go`ya bo`lmasa, shu mavzuga aloqador maqola/kitob o`qing, turli guruhlar va sahifalarga qo`shiling. Natijada yangi g`oyalar kelishni boshlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar (youtube,vkontakte,facebook,telegram)da o`zingizga qiziq bo`lgan kanallar/sahifalar/guruhlar ni kuzating. Ular qaysi mavzularga aloqador postlar qoldirayotganini yozib chiqing. Shu ro`yhat asosida ham yangi kanal g`oyasi paydo bo`lishi mumkin.

Yuradigan kanal tematikasining belgilari:

  • Proekt g`oyasiga o`xshash resurslar boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham bor bo’lishi. Agar Youtube,Vkontakte,Odnoklasniki yoki facebookda shu mavzuga o`xshash guruh yoki sahifalar bo`lsa, demak bu nishaning auditoriyasi katta, shunchaki telegramgacha hali yetib kelmagan. Kanallani dodasi aynan shu prinsip asosida ko`tarilib ketgan.
  • Monetizatsiya (Kanaldan daromad olish) aniqligi. Siz tanlagan sohada reklama beruvchilar ko`p bo`lishi kerak.

Masalan, Tibbiyotga aloqador kanalda turli xil dorilar, ozdiruvchi preparatlar, dorixonalar, xususiy klinikalar va doktorlar xizmatini reklama qilishingiz mumkin.

Lekin, mening kanalim @webology_uz da tematikamda IT texnologiyalarga oid sayt/xizmat/kanallar kam bo`lgani bois reklama beruvchilardan taklif bildirilmaydi. Men webologyni reklama sotish emas, boshqa pul ishlash usuli orqali monetizatsiya qilaman.

  • Raqobatdoshlarning borligi. Agar siz tanlagan tematikada raqobatdoshlar bo`lsa, demak mavzu odamlarga qiziq va unga talab bor.

Raqobatchilarning foydali tomoni, ularda saralangan obunachilar bor va siz ulardan reklama sotib olish orqali obunachilarga ega bo`lishingiz mumkin.

Nimalarga e`tibor berish kerak ?

Raqobat judayam kuchli bo`lgan tematikalar – qizib ketgan deyiladi. Qizib ketgan tematikada kanal ochib kuyib qolmang.

Agar telegramda siz tanlagan mavzudagi kanal bo`lmasa – bu yomon degani emas. Balki bu nisha xali band emasdur va siz o`zingizni ko`rsatishingiz uchun ajoyib imkoniyat paydo qilgan bo`lasiz. Bunday nishani tanlashdan oldin uni yuqoridagi kriterialar orqali analiz qilish kerak.

Reklama narxlari

Telegram marketologlari so`nggi izlanishlari orqali reklama narxi eng qimmat bo`lgan tematikalarni aniqlashdi.

Ularga: Kriptavalyuta, Biznes, Marketing, IT texnologiya va avtorlik bloglari kiradi. Auditoriya kichik lekin aqlli odamlar.

End arzon reklama narxlari : Erotika, Hajviy, musiqa, foto va GIF larni jamlagan kanallar. Auditoriya katta lekin sifatsiz.

Bir narsani yodda tuting, reklama narxiga qarab kanal tematikasini tanlamang. Kanalning omadli chiqishi siz o`z auditoriyangiz bilan qanday ishlashingizga bog`liq. Hamma oddiy usulda yozadigan yangiliklarni siz qiziqarliroq yoki o’zgacha usulda yozishingiz mumkin.

Ilhom bag`ishlash uchun tayyor nishalar

Universal Nishalar:

  • Sayohatlar yoki boshqa shahardagi shaxsiy tajriba – O`zga yurtda uchratgan qiziqarli holatlaringiz, madaniyati, mentaliteti, oshxonasi, qayerga borgan yaxshi, mehmonhonalari va h.k.
  • Moliya – Moliyani boshqarish, jamg`arish, iqtisod qilish. Pul ishlash, daromadni ko`paytirish, investitsiyalar
  • Sport – Yugurish, chang`i, skeytbord.
  • Kino – Filmlar taqdimoti, ularni tahlil qilish, shaxsiy fikringiz, to`plam/terma lar, TOP ro`yhatlar, qiziqarli faktlar, teoriyalar (ayniqsa marvelniki)
  • Psixologiya – qiziqarli testlar, foydali maqolalar, kitoblardan iqtiboslar. Shaxsiyatning o`sishi, qorquv va asabiylikdan halos bo`lish, depressiya
  • Buyuk shaxs rolini o`ynash. Garri potter @potter_live, Stalin @stalin_gulag
  • Savol-Javoblar : Savollar nashr qilish va ertasi kuni javobni aytish. Obunachilar o`z fikrlarini maxsus botga yoki sizga jo`natishadi. @logicpuzzles, @mozgol
  • Obunachilar tomonidan yaraladigan kontent. Hayotiy hikoyalar, qiziqarli voqealar. Obunachilar o`zlarida uchragan turli voqealarni botga yoki sizga yuboradilar. Siz ularni kanalda chop etasiz.

Erkaklar uchun:

  • Video o`yinlar – PUGB, Dota2, CS:GO – kulguli yoki ajoyib vaziyatlar videolavhasi yoki rasmi, o`yindagi sirli ma`lumotlar, faktlar, kodlar.
  • Komikslar – Komiks asosidagi kinolar (Qasoskorlar, O`rgimchak odam, Betmen) – yangiliklar, treylerlar, tahlillar, tizer va fikrlar, intervyular
  • Bodibildiyg, trenajor zali – Foydali ozuqalar, natija beradigan mashq usullari, xatoliklar, foydalar, maslahatlar
  • Ovchilik – baliq, qush yoki boshqa xayvonni ovlash haqida. Qurolni qayerdan olish mumkin, yaxshi qurol, yomon qurol, savollar, qiziqarli holatlar
  • Sport – futbol, MMA, ko`cha janglari, Boks dan lavhalar, faktlar, qiziqarli holatlar, tahlillar.

Ayollar uchun:

  • Yoga, Massaj – masaj qilish usullari, foydali maslahatlar, preparatlar
  • Onalik – bolani to`g`ri parvarish qilish, tarbiya, maktab, bog`cha haqida, ta`lim, chegirmali maxsulotlar do`koni, pampers va h.k.
  • Hunar va Qobiliyat – Sartaroshlik, oshpazlikga aloqador barcha narsalar.
  • Handmade – qo`l bilan yasalgan turli anjomlar, tikish, bichish, chizmachilik haqida

Qanday mavzuni tanlamagan ma`qul:

  • Bu sohada siz hech narsani tushunmaysiz, na tajriba va na bilim bor.
  • Nisha judayam tor. Masalan : bosh kiyimlarga aloqador kanal judayam tor, undan ko`ra imidj va stilga aloqador kanalda obunachilarni ko`proq jalb qilsa bo`ladi.
  • Sizda jam bo`lgan auditoriyani monetizatsiya qilishni bilmaysiz. Ya`ni ularga qaysi maxsulotni reklama qilishni. Asosan prikol kanallarda shunaqa.

Qizib ketgan nishalar

Ba`zi nishalarga katta mablag` bilan kiriladi. Ularda raqobat judayam kuchli, obunachilar aylanishi ham tez. Kirgan obunachi ertaga chiqib ketadi. Agar sizda mablag` ko`p, bilim esa yetarli bo`lsa unda olg`a. Aks xolda, mazkur resurslarni yig`ishingiz kerak.

Agar sizda qiziqarli va avtorlik kontenti bo`lsa istagan nishaga kirishingiz mumkin.

Xulosa:

Raqobat kuchli va kuchsiz, keng va tor, ommabop va maxsus, qimmat va arzon nishalar bor. Tematikani yaxshi yoki yomon deb bo`lmaydi, chunki uni omadli bo`lishiga bir necha faktorlar jamlanmasi ta`sir qiladi. Lekin, tematika tanloniga qattiq e`tibor bilan kirishish kerak va bozorni yaxshilan analiz qilish lozim.

Sizga birinchi uchragan variantga yopishib ketmang. O`zingizga qiziq bo`lgan va obunachilar bilan o`z tajribangizni ulashishni hohlagan tematikangizda kanal ochishga harakat qiling.

Uyga vazifa:

  • Sizga qiziq bo`lgan kamida 3 ta mavzuni tanlang
  • Ulardan qaysi biri eng eng eng qiziq bo`lsa, shu kanalni ijtimoiy tarmoqlarda analogi bormi yo`qmi tekshiring
  • Tanlagan mavzuingiz bo`yicha raqobatchilarni o`rganing
  • Raqobatdosh kanallardan sizning qaysi tomoningiz ustun va qaysi pozitsiyalarda ularga o`ring berib qo`yayotganingizni aniqlang
  • Kanalingiz jamiyatning qaysi muammosiga barham yoki savoliga javob berishini aniqlang.
  • Oxirgi to`xtam: Kanal qaysi tematikada ochilishini bloknotga yozib qo’ying

Manba: Webology.uz

Пример HTML-страницы

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights