Telegram kanalga yaxshi nom tanlash

Posted by

Reading Time: 2 minutes
   Reading time 2 mins

Telegram kanalga yaxshi nom tanlash unchalik ham qiyin ish emas. Kanalni tartiblash muhim ishlardan biri hisoblanadi Shuchaki kanalni ochib, birinchi to’g’ri kelgan logotipni qo’yish ham aslida noto’g’ri.

Пример HTML-страницы

O’z kanalingizni quydagi ketma-ketlikda tartiblasangiz. Kanalingiz ancha sifatli va ko’rkam ko’rinishga keladi. Boshlanishiga kanalni tartiblashni nimadan tashkil topganini tushunib olamiz:

  • Kanal nomi
  • Username (kanal ssilkasi)
  • Avatar / Logotip
  • Kanal ta’rifi

Kanal nomi

Kanal nomi – kanal ichidagi mavzuga aloqador, qisqa, tushunarli va yodda qoladigan bo’lishi zarur. Masalan eng omobop yangiliklar saytni misol qilib keltirishimiz mumkin. Kun.uz – Kunning eng muhim yangilik va habarlari

Kanalingiz mavzusiga aloqador terminlar, shaxslar yoki predmetlardan ham foydalanish mumkin. Foydalanuvchi kanalingiz nomini o’qishi bilan u haqida qisqacha ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Masalan: Milliarder saboqlari

Agar kanalingizdagi kontent judayam yaxshi va sifatli bo’lsa, e’tiborni tortadigan yoki noodatiy nom bilan e’tiborlarini tortishingiz mumkin. Masalan : Kanallani dodasi

Kanal username ham kanlga mos bo’lishi kerak. Bu sizga sizni izlayotganlar topishni osonlashtiradi. Masalan: Kun.uz – @Kun_uz

Agar bu nomlar band bo’lsa, siz bu nomlarni instagram, facebook, tweeterlarda band emasligini tekshining. Agar siz tanlagan usernameni telegramga murojat qilgan holda olishingiz mumkin. Agarda sizda men sanab o’tgan ijtimoiy tarmoqlardagi usernamelarning kamida ikkitasi sizga tegishli bo’lsa albatta. Bu haqida keyingi maqolada batafsil yozaman.

Linkda qo’shimcha simvollarning kamligi (_) qidiruv natijalarida yuqori pozitsiyada turishiga sabab bo’ladi.

Avatar

Avatar bu kanalning yuzi. Yaxshi avatar/logotip siz kanalingiz boshqa kanallar orasida aralashib ketadi.

Agar dizaynerlik soxasida tajribangiz bo’lsa, uni o’zingiz tayyorlang aks xolda dizaynerga buyurtma bering.

Xozir oddiy logotiplarni arzimagan pulga (10.000-15.000) ga tayyorlab berishadi.

Shunchaki o’zingiz foydalanadigan kanallaringiz ro’yhatiga qarang, qaysi biri ko’zga tashlanadi. Buni siri oddiy, ularni foni yagona rang, asosiy logitipi esa fonning o’rtasida joylashgan.

Agar siz o’jar va barchasini o’zi qilishni hohlagan odamlar qatoriga kirsangiz, Canva.com sayti sizga yordam beradi. Mazkur servizda logotip uchun tayyor shablonlar bor va ulardan foydalanish mutlaqo tekin. Aytgancha, Android qurilmalar uchun play marketda ham bor.

Kanal ta’rifi

Ko’pchilik adminlar ta’rifga yetarlicha e’tibor berishmaydi. Afsus.

Kanal ssilkasidan so’ng, o’quvchini harakatga undash kerak. Nega deysizmi ? Chunki, kanalimiz ssilkasini yozganimizda kanal ta’rifi ham aks etadi.

@Kun.uz – Kunning eng muhim yangiliklaridan habardor bo’ling

Maqolada webology.uz sayti ma’lumotlaridan foydalanildi.

Tavsiya etamiz: Telegramda pul ishlashning oson yo’li

Пример HTML-страницы

4 responses

  1. Sherbek Avatar
  2. Mamurov221 Avatar
    Mamurov221

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights