Men qulupnayni yaxshi ko’raman. Lekin, baliq oviga ketayotganimda chuvalchanglarni olaman. Chunki, baliqga qulupnay emas balki chuvalchanglar yoqadi.
Deyl Karnegi
Reklama sotib olayotganda obunachilarga “chuvalchang” o`rniga qulupnay taklif qilayotgan “omadli jentlmenlar” uchun alohida salom. Bugun sizlar bilan dolzarb muammo, “Samarali reklama sotib olish” mavzusida suhbat yuritamiz.
Aktiv bo’lmagan kanal
Kanal auditoriyasi 2 turga bo`linadi:
Aktiv – Obunachilar postlarga layk bosishadi, ularga fikr bildirishadi va so`rovnomalarda ishtirok etishadi.
Passiv – Obunachilar postlarni shunchaki o`qib chiqib ketishadi. Bunday kanallarda qisqa, zerikarli yoki ko`p ucharydigan, unikal bo`lmagan(ko`chirma) yoki umuman real hayot uchun hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan postlar nashr qilinadi.
Aktiv kanallarning hammasi ham layoqatli auditoriyaga ega emas. Auditoriya layoqatli bo`lishi uchun uni unikal avtorlik kontenti bilan siylash kerak. Kanal avtoriga ishongan obunachilar u taklif qilgan har qanday reklamani hazm qilib yuborishadi.
Auditoriyasi passiv kanallarning obunachilar ko`p, postlar namoyishi o`rtacha lekin reklamaga nisbatan toqati bo`lmaydi. Shu sabab, bunday kanallarda reklama sotib olish arzon bo`lishi kerak.
Passiv auditoriyaga unikal kontentga ega bo`lmagan kanallar kiradi. Masalan: Prikollar, Memlar, Statuslar, Statusli rasmlar, oboylar.
Auditoriyani aniqlay olmaslik
Reklama sotib olish jarayoni 3 qismga bo`linadi:
Auditoriyani to`g`ri aniqlash – > Reklama tayyorlash – > To`g`ri DONOR topish
(DONOR – siz reklama sotib olmoqchi bo`lgan kanal).
Masalan, ingliz tilini o`rgatadigan kanal obunachilari ko`p qismi : 18-30 yoshdagi odamlar. O`qiydi yoki o`qib turib ishlaydi. Oylik o`rtacha daromadi 1.500.000 so’m. 70% yigitlar. Tilga qiziqadi.
Bu ma`lumotlarni to`g`ri analiz qilgan holda, siz qaysi kanaldan reklama sotib olish kerakligini aniqlashingiz lozim. Shunchaki o`ylab ko`ring:
Tilga qiziqadigan talabalar ko`proq qaysi kanallarda vaqtlarini o`tkazishadi ?
Qisqacha layfhak: Ko`p hollarda sizning kanalingiz mavzusiga mos boshqa kanallardan reklama sotib olish ham yaxshi natija beradi. Chunki, siz tayyor yig`ilgan auditoriyani jalb qilasiz.
Agar shuncha ma`lumotdan keyin ham oshpazlikga aloqador kanallardan reklama sotib olsangiz, unda ming bor uzur. Ayb auditoriyada emas, sizning yelkangiz tepasida joylashgan sharsimon buyumda ekan.
“O`xshamagan” reklama
Reklama tayyorlash 100% ijodiy jarayon. Uni tayyorlash qoidalari son mingta, lekin sizlar bilan eng ommaboplarini bo`lishamiz:
1. Yumoristik reklama tez yodda qoladi.
2. Reklama matnini esda qoladigan va qisqa qilish kerak
3. Auditoriyangiz muammolarini to`g`ri aniqlang. Sizga tegishli sohada ularni qanday muammolar qiynaydi va ulardan reklama matnida foydalananing.
Xulosa o’rnida…
Agar reklamangiz har safar sizga samara berishini hohlasangiz:
1. Kanalingiz auditoriyasi qaysi kanallarda vaqt o`tkazishini to`g`ri aniqlang.
2. Faqat aktiv kanallardan reklama sotib oling .
3. Reklama matni va formati ustida ishlashga erinmang. Auditoriyangiz muammolarini to`g`ri tahlil qiling va kanalingiz ularga yechim berishiga obunachilarni ishontiring.
4. Yuqoridagi qoidalarga tupuring va o`zingiz nimani to`g`ri deb bilsangiz, shu ishni qiling!. Chunki, har qanday qoida va chegaralar ijodiy ilhomni cheklab qo`yadi.(har doim ham bu maslahatga amal qilmang)
Manba: webology.uz
Fikr bildirish