REKLAMA SOTISH JARAYONI

Kanalingizda obunachilar soni 3000 tadan oshsa, kunlik postlar namoyishi 1800-2000 ga yaqin bo`lganda kanalda reklama sotishingiz mumkin.

Reklama qo`yish haqida maslahatlar:

  • Pul topish ilinjida endigina jamlanayotgan auditoriyaga reklama sotib qo`yish. Bu auditoriyani cho`chitib yuboradi va obunachilarni yo`qotishga sabab bo`ladi.
  • Sifatsiz va ko`chirma kontentlarni ulashish. Boshqa kanal va saytlardan o`g`irlangan kontentni obunachilar bilan ulashish
  • Kanalga TEZ-TEZ reklama joylashtirish obunachilarni yo`qotishga sabab bo`ladi
  • Tekshirilmagan maxsulotlar, moliyaviy piramidalar, mosheniklar kanali va behayo reklamalar(18+ reklamalar) joylashtirish. Avvalo bu xarom ish. Bundan boshqa sabablar ortiqachalik qiladi.
  • Yolg`on reklamalar ulashish. Reklama matni , reklama qilinayotgan maxsulot yoki kanalga umuman aloqador bo`lmasligi. Masalan, hozirda ommalashgan : Biror qizni rasmi ostiga Tanishaman deb yozib qo`yishadi va kanalga ssilkani joylashadi. Lekin, u qiz tugul unga tegishli paypoq ham bu kanalda bo`lmaydi.

1xbet, mostbet, moliyaviy piramida, mosheniklar proektlarini reklama qilish. Obunachilar fikri sizniki bilan mos tushgani va sizga ishonganlari uchun kanalga a`zo bo`ladilar. Ularga bu xarom ishda sherik bo`lishni taklif qilish yaxshi ish bo`lmaydi.

Reklama narxini qanday belgilasa bo`ladi ?

Narx qoyishda aniq bir formula yo`q. Shu sababli, hozirda ishlab kelayotgan formuladan foydalanamiz.

Masalan: Kanalda obunachilar soni 5000 ta, kunlik postlar namoyishi 1500, kanal tematikasi biznes, kontent esa chet el portallaridan tarjima qilingan, unikal lekin avtorlik emas.

Narx = (Postingiz kunlik namoyishi/ 1000 ) * 50000 * kanal tematikasi

Kanal ochish jarayonida nisha tanladik va tematika kanaldan ishlaydigan pulingizga to`g`ridan to`g`ri ta`sir qiladi degan edik.

Agar sizning tematikangiz omma uchun qiziq bo`lsa, auditoriyangiz to`lash qobiliyatiga ega katta odamlar bo`lsa, formuladagi tematikaga 0.7 dan 1 gacha baxo qo`ying .

 (1500 / 1000) * 50.000 * 0.7 = 52.500 yaxlitlar 50.000 qo`ysa bo`ladi. 

Agar ko`ngilochar yoki yumoristik yo`nalishda mediakanal bo`lib, kontent ko`chirma bo`lsa 0.01-0.03 qo`yasiz.

(25.000 / 1000) * 50.000 * 0.03 = 37.500 yaxlitlar 40.000 qo`ysa bo`ladi. 

Bu qiziq:

 To`lovlarni qabul qilish

Agar barcha postlar avtorlik posti bo`lsa unda narxni belgilashda muammo bo`lmaydi. Chunki, tematikaga o`zingiz hohlagan sonni qo`ya olasiz.

Reklama beruvchilarni qayerdan izlasa bo`ladi ?

Kanalingiz yaxshi, kontnet original va odamlar ularni repostlar qilishadi. Lekin reklama beruvchilar yo`q. Telegram kanalni esa daromad olish uchun ochgansiz. Qachon reklama berishar ekan deb kutib o`tirish ahmoqlik.

Agar bizga reklama taklifi bilan kelishmasa, biz reklama taklifi bilan ularni oldiga o`zimiz boramiz.

ONLINE REKLAMA

Tgstat.ru, uztelegram.com saytlariga kiring. Kanalingiz tematikasiga to`g`ri keladigan kanal adminlariga reklama berish taklifi bilan murojaat qiling.

Masalan, sizda avtotematikaga oid kanal bor. Sizning nishoningiz ostida barcha avtomobilga aloqador kanallar bo`lishi kerak. Ehtiyot qismlarini sotadigan onlayn do`konlar, avtomobilga aloqador postlar bilan ulashadigan kanallar, avtomedia kanallar va h.k.

Ularga o`z taklifingizni yuboring:

Assalomu alaykum. Vaqtingizni olganim uchun uzur. Men @kanalnomi adminiman. Ayni damda kanalimda maxsus aksiya asosida 15% chegirma bilan reklama postlarini joylashtirayapman. Kanalimda 5000 ta obunachi bor, kunlik namoyishlarim(prosmotrlarim) 3000 ta. Kanalim juda aktiv va sizning tematikangizga mos. Reklama joylashtirish narxi 50.000 so`m (15% aksiya asosida).

Agar taklifim sizga ma`qul kelgan bo`lsa, javobingizni kutaman. Rahmat.

Shunday postlarni 3-5 ta kanal adminlariga yuboring. Ulardan bittasi albatta taklifingizga rozi bo`ladi.

Bundan tashqari, telegramda turli birja kanallari bor. U yerda o`z kanalingiz statistikasi va reklama narxini yozasiz. Taklfinigizga qiziqgan adminlar siz bilan aloqaga chiqishadi.

Ulardan biri: https://t.me/CreatorsUzb

OLX.uz orqali

OLX.uz saytiga kiramiz va tematikamizga mos bo`limga o`tamiz(avtomobillar). OLX saytidan evtomobil ehityot qismlarini sotadigan do`konlar yoki firmalar telefon raqamini olamiz. Telegramga ularni raqamini saqlab, maxsulotlarini reklama qilib berishimiz mumkinligini taklifni beramiz.

OFFLINE REKLAMA

Offline reklamaga buyurtma olish uchun ozgina ko`proq mehnat qilish lozim. Chunki, ko`chada yurib tashkilotlarga o`z reklama xizmatimizni taklif qilamiz.

Bu qiziq:

 Nimadan boshlash kerak ?

Buning uchun kanalingizdagi obunachilarni ko`p qismi sizning hududingizga tegishli ekanligni bilishingiz lozim. Masalan, siz Toshkentda yashaysiz va siz reklama qilayotgan maxsulotlarni do`koni ham Toshkentda. Lekin, kanalingiz auditoriyasini ko`p qismi viloyatdan. Bunda sizga reklama bergan odam baraka topmaydi va siz bilan boshqa aloqa qilmaslikga harakat qiladi.

Agar obunachilaringizni ko`p qismi siz yashayotgan hududdan bo`lsa unda muammo bo`lmaydi.

Birinchi navbatda, kanalimiz statistikasi namoyish qilingan kichik vizitka chiqaramiz. Unda kanalimiz nomi, obunachilar va kunlik postlar namoyishi, auditoriya yoshi, jinsi va qaysi hududdan ekanligi haqida ma`lumotlarni beramiz.

P.S. Tez, oson va qo’shimcha bilimlarsiz bunday vizitkalarni Canva.com saytida tayyorlashingiz mumkin

PRAYS LIST TAYYORLANG!

Reklama narxlari, joylashtirish shartlari yozilgan prays list tayyorlab qo`ying. Reklamalarni 1 kunlik, 3 kunlik va 7 kunlik ko`rinishda tuzing.

KUNLIK PAKETLARDA REKLAMANI HAR KUNI EMAS, KUN ORA QO`YING. Shunda auditoriyangiz joniga tegib ketmaydi.

Kunlik paketlar 1 kunlik reklama narxidan arzon bo`lishi kerak.

Paketlarni quyidagi formula asosida tuzing:

(1 kunlik reklama narxi * kunlik paket) * 0.8 = Kunlik paket

0.8 qiymati bu 20% chegirma degani.

(50.000 so’m * 3 kun) * 0.8 = 120.000 so`m

Manba: webology.uz