Qanday qilib internetda halol pul ishlash mumkinmi?

Posted by

   Reading time 4 mins

Internetda pul ishlamoqchi bo’lgan har qanday musulmon inson “Internetda halol pul ishlash mumkinmi?” deb o’ylaydiyu, lekin hech kim bu yo`l bilan topiladigan rizqning halol yoki haromligiga e`tibor bermaydi. Imkon qadar chala bloggerlar aytgan “Soqqa kelib tursa, har qanday proektni ishga tushiraman” degan fikrlardan yiroq yuring.

Пример HTML-страницы

Internetda pul topishga harakat qilar ekanman, rizqning halolligi men uchun birinchi o`rinda turadi.

Bu borada sizlar bilan o`z tajribamni bo`lishmoqchiman. Aldanib, tajribasizlik tufayli harom ishlarga aralashib qolishdan ehtiyot bo`ling.

Internet saytlar, faxsh reklama halolmi

Internetda halol pul topsa bo`ladimi ?

O`z saytingizda biron tovar yoki xizmatni reklama qilayotganda uning nima ekanligiga yaxshilab e`tibor bering.

Saytlar orqali pul ishlashni boshlagan vaqtimda, banner reklamalar orqali daromad olish ommalashgan edi. Eng qizig`i banner tarmoqlari Erotik reklamalar uchun ko`proq haq to`lashardi. Erotik mavzudagi faxsh reklamalar, turli xil bukmeker, totalizator yoki Onlayn qimor o`yinlari saytlarini reklama qilish ham HAROM hisoblanadi.

Yolg`on reklama

Internetda halol pul topsa bo`ladimi ?

Tizer tarmoqlardagi e`tiborni tortadigan reklamalar: O`latni 5 sm ga o`stirish yo`li, 2 kunda ozish, Bu maxsulot rakni keltirib chiqaradi, Toshkentlik qiz sharmanda bo`ldi va h.k h.k

Bu reklamalar ustiga bosgan foydalanuvchi hech qachon “o`latni 5 sm o`stirish yo`li” ni topa olmaydi. Uning o`rniga foydalanuvchiga yana boshqa reklamalar sahifasi ko`rsatiladi.

Umuman olganda, reklama qilinayotgan tovar yoki xizmatning matni uning asliga to`g`ri kelmasa bu yolg`on reklama hisoblanadi. Yolg`on reklamadan sizga keladigan daromad ham HAROM bo`ladi.

Referallar va Moliyaviy piramida

Internetda halol pul topsa bo`ladimi ?

Tarmoqli marketing orqali turli xil proektlarga odamlarni jalb qilish orqali ham pul ishlasa bo`ladi. Lekin, odamlarni jalb qilishdan oldin uning asl faoliyati bilan qiziqib ko`ring. Odamlarni jalb qilishga qaratilgan ko`p proektlarning asl maqsadi – Moliyaviy piramida qurish, odamlarni aldash va pullariga chuv tushirish bo`ladi. Shu sabab, bunday HAROM ishga sherik bo`lib qolmang.

Nakrutka, Hisoblagichlarni sun`iy o`zgartirish

Internetda halol pul topsa bo`ladimi ?

Ko`pchilik yosh adminlar, o`z proektlaridan tezroq pul ishlash uchun daromadga ta`sir etadigan ko`rsatkichlarni sun`iy ravishda o`zgartirishadiTelegram kanallarda obunachilarni, saytlardagi tashrif buyuruvchilarni, ijtimoiy tarmoqlarda obunachilarni va h.k.

Mening bir tanishim, internetda pul ishlash uchun hozirda telegramda ommalashgan e`lonlar kanalini ochdi. Avvaliga tekinga e`lon joylashtirdi, chunki kanal obunachilari judayam kam edi. Kanalni rivojlanitirish uchun vaqt va pul sarflashni o`rniga, tinchgina nakrutka orqali obunachilarni ko`paytirib qo`ya qoldi. Endi kanalning 40.000 ta obunachisi bor, ulardan 80% i botlar.

E`lon beruvchilar buni bilmagani sabab 10.000 so`mdan bitta e`lonni joylashtirishadi. Sifatsiz xizmat, Nakrutka qilingan kanal e`lon beruvchilar uchun kutilgan natijani bermagandan so`ng, ular bu kanalga qaytib murojaat qilishmaydi.

Eng qizig`i, “Nega kanalda e`lon berish buncha qimmat ?” degan savolga: “40.000 ta obunachisi bor” deb uyalmasdan javob beradi.

Qani aytingchi, bu ham HALOLmi ? Albatta HAROM.

Pul ishlash sxemalari(Keyslar):

Internetda pul topish bo`yicha ish bergan formulalarni – sxemalar(keyslar) deb atashadi. Ular 3 turga bo`linadi:

Oq, Zangori va Qora.

Oq sxema – Hech qanday aldovlarsiz ish bergan pul topish usuli.

Masalan: Telegramda kanal ochish, obunachilarni to`plash va reklama sotish.

Zangori sxema – Bu sxemalarda 50% yolg`on, 50% rost bo`ladi. Foydalanuvchilar tajribasizligi tufayli bu sxema qurbonlariga aylanishadi. Masalan: tizer reklamalari kabi. Unda sizga yo`q narsani reklama qilishadi. Siz esa ishonib unga bosasiz. Natija esa siz o`ylagandek bo`lmaydi.

Qora sxema – 100% yolg`onda qurilgan pul ishlash usuli. Bu sxema qurbonlari osmondagi va`dalarga ishonib pullaridan ayrilishadi.

Masalan: Telegram kanal sotuvga qo`yiladi, lekin sotuvchi kanal admini emas. U haridordan pulni olgan yo`q bo`lib qoladi.

Bukmekerlar, Totalizatorlar va Qimor o`yinlari

Internetda halol pul topsa bo`ladimi ?

Internetda ishlash sohasida eng avjiga va internetda pul ishlash deganda ko’pchilik shu sohani tushunadi.

Sendan xamr va qimor haqida so‘rarlar. Sen: «Ikkisida katta gunoh va kishilar uchun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir», deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilishni so‘rarlar. Sen: «Ortiqchasini», deb ayt. Alloh shundoq qilib sizga O‘z oyatlarini bayon qiladi. Shoyadki tafakkur qilsangiz. (Baqara surasi, 219-oyat).

Ko`pchilik bukmeker bu qimor emas, biznes deb o`zini o`zi ishontiradi. Agar Natija sizning harakatingizga bog`liq bo`lmasa – bu qanaqa biznes bo`lishi mumkin ?

Hozirgacha, bukmeker prognozlarini sotadigan O`ZBEK adminlariga tushunmayman. Totalizator va bukmekerlarda o`ynash qimor hisoblanadi. Qimor esa Harom azizlar.

Xulosa:

Internetda halol pul topsa bo’ladimi ? Albatta. Buning uchun odamlarga foydasi tegadigan, ularni ishonchini oqlaydigan va aldamaydigan proektga qo’l urish lozim. Tez daromad olish maqsadida harom ishlarga qo’l urmang. Qo’lingizni ko’ksingizga qo’yingda: Men halol biznes tarafdoriman, deb ayting.

Agar sizga qiziq bo’lsa telegram bilan bog’liq boshqa maqolalarni ham o’qing.

Manba: webology.uz

Пример HTML-страницы

One response

  1. Behruz Avatar
    Behruz

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights