“Qanday biznes g’oyalar meni milliarder qiladi? ” savolini o’z-o’ziga bermagan inson bo’lmasa kerak. Eng qisqa javob shuki – sizni milliarderga aylantiradigan biznes dunyoni o’zgartirishi kerak. Dunyoni o’zgartirish mumkin emas deb aytishdan oldin, yana bir o’ylab ko’ring. Hozirgi vaqtga kelib dunyoda 2000 dan ortiq milliarderlar bor. Siz ham albatta ular kabi bo’la olasiz, yoki buni sizning o’rningizga boshqalar qilishadi.

Milliarder bo’lish uchun nimalar kerak?
Ba’zilar buning uchun milliard dollarlik biznes g’oyani kerak deb hisoblashadi. Boshqalar “milliarder bo’lish” ko’pchilik odamlar uchun shunchaki bir orzu deyishadi. Agar sizda oliy ma’lumot, zarur tajriba, bo’sh vaqt va omad shulardan biri bo’lsa ham sizga begona bo’lsa, siz milliarder bo’lishingiz mumkin.
O’zi Milliarder kim?
Milliarder – bu 1 milliard dollar yoki undan ortiq dollar qiymatiga ega bo’lgan mulk yoki kampanyaga ega bo’lgan odam.
Dunyoda necha milliarder bor?
2020 yil statistikalariga tayanadigan bo’sak dunyoda deyarli 2100 milliarder bor. Ma’lumot o’rnida esa ularning 87 foizga yaqini erkaklar tashkil etadi.
Eng ko’p milliarderlar qayerdan?
Hech bir davlatda AQShdanda ko’proq milliarder yo’q. Xitoy dunyodagi eng ko’p milliarderlar orasida ikkinchi o’rinda turadi. Bu mantiqan olganda ham to’gri, chunki dunyodagi ikkita eng yirik iqtisodiyot AQSh va Xitoy iqtisodiyotdir.
Dunyoda 4.000.000 kishidan atigi 1 nafari milliarder hisoblanadi.
Aksariyat milliarderlar qanday boyishdi?
Aksariyat milliarderlar o’z boyliklarini meros qilib olishmagan. Milliarderga aylangan odamlarning aksariyati o’z mablag’larini jamoat fondlariga sarfladilar. shuning uchun menros bo’lib qolish ehtimoli kam. Siz tanigan, bilgan milliarderlar xususiy korxonalari va aktivlarga sarmoya kiritib, milliarderga aylangan.
Milliarderlarning umumiy boyligi qancha?
Dunyodagi barcha milliarderlarning umumiy boyligi 9 trillion dollardan oshadi.
Siz endi qanday g’oya orqali milliarder bo’lishni va hozirda qancha milliarder borligini va ularning ko’pchiligi qayerdan ekanligini bilasiz.
Kelgusi maqolada milliarder bo’lish uchun qanday qadamlar bosib o’tish to’grisida yozamiz. Bizdan yiroqlashmang siz kutayotganlari hali oldinda.
Fikr bildirish