Obunachilar jalb qilishning eng tez usuli bu – Reklama sotib olish. Siz hohlagan joydan reklama sotib olishingiz mumkin. Telegram kanallardan, ijtimoiy tarmoqlardagi blogerlardan yoki saytlardan. Asosiy maqsadimiz kamroq xarajat qilib, ko`proq obunachilarni jalb qilish.
Reklama sotib olish vaqtida eng asosiy qoidalarni bilmagan adminlar, byudjetni 70% ini sifatsiz kanallarga sarflaydilar. Shu sababli, xarajat qilishdan oldin bu maqolani yaxshilab o`qib chiqing.
Reklama sotib olish qoidalari
Reklama sotib olishda, doim siz bilan tematikasi o`xshash yoki yaqin kanallardan reklama sotib oling. Chunki, bu kanallarda auditoriya shakllangan va sizning kanalingizga qiziqish ehtimollari baland bo`ladi.
Reklama sotib olishdan avval kanalni yaxshilab analiz qiling. Nakrutka yoki botlar orqali namoyishlar ko`paytirilgan bo`lsa, umuman reklama sotib olmang.
Reklamani iloji boricha telegram kanallardan sotib olishga harakat qiling. Ikkinchi o`rinda Instagram turadi.
Birinchi reklamani sotib olish
Kanalingiz yangi va unda bir nechta post bor. Siz ishtiyoq bilan yangi obunachilarni jalb qilish istagida reklama sotib olishni boshlaysiz. Kanalingizga reklama orqali o`tgan obunachilar siz joylagan oxirgi 3-5 ta postga ko`zlari tushadi. Agar postlaringiz ularni qiziqtira olsa, lentani yuqorilab ketib, oldingi postlarni ham o`qib chiqishadi.
Aks xolda 2 ta yo`l bor:
- Kanalni o`qishadi, obunachiga aylanishadi va keyingi 1 hafta davomida chiqib ketishadi
- Kanalni o`qishadi, qiziqishadi va uzoq muddatli obunachiga aylanishadi.
Bizning maqsadimiz, kanalga kirgan obunachini ushlab qolish.
Shuning uchun, reklama sotib olishdan oldin kanalga eng qiziqarli va e`tiborni tortadigan 5 — 7 ta postlarni joylash lozim. Agar kanalingiz media yoki yangiliklar tematikasida bo`lsa 15 tadan post yozish kerak.
Reklama sotib olingan kuni yangi postlarni yozmay turgan ma`qul. Keyingi kunni ham o`ylash lozim. Yangi obunachilar kanalingizga a`zo bo`lishdan afsuslanmasliklari uchun keyingi kundagi postlarni ham eng zo`rlarini joylang.
Reklama sotib olish jarayonida statistika uchun jurnal tuting. Unda qaysi kanaldan qancha narxga reklama sotib olganingiz va nechta yangi obunachi qo`shilganini yozib yuring.
Reklama sotib olish strategiyasi
Reklama sotib olishning ikki xil yo`li bor.
- Bir nechta mayda kanallardan optom reklama sotib olish
- Yirik(obunachilari ko`p) kanaldan sotib olish
Ikkisining ham o`ziga yarasha foydali tomonlari bor. Agar obunachilaringiz soni 1000 tadan kam bo`lsa, bir nechta mayda kanallardan reklama sotib olganingiz ma`qul.
Agar kanalingiz obunachilar 5-10 ming bo`lsa, unda yirik kanallar bilan o`ynash kerak. Bir nechta o`xshash tematikali kanallardan bir vaqtda reklama sotib olish juda yaxshi natija beradi. Faqat statistikani olib borish qiyinlashadi. Chunki, reklama 1 kunda bir nechta joydan reklama sotib olasiz.
Reklama qanchalik ish berdi ?
Afsuski, telegramda sizni reklamangizga nechta odam bosgani ko`rinmaydi. Shu sabab, statistikani o`zimiz tuzishimiz kerak.
Bizga kerak bo`ladigan ko`rsatkichlar:
- Reklama postingiz namoyishlari
- Kanalingizga yangi kelgan obunachilari
- Kanalga yozgan oxirgi postingiz namoyishlari.
Deylik, biz reklamani 24-dekabrda sotib oldik va u kanalda soat 10:00 da chiqadi.
Kanalimizda 100 ta obunachi bor va kunlik postlar namoyishi o`rtachasi 65 ta. Reklama sotib olgandan so`ng, kanalga yangi post yuklamay turamiz.
Reklamamiz ishga tushdi va 24 soat uchida 25-dekabr soat 10:00 gacha :
- Yangi 30 ta obunachi qo`shildi
- Kanalga joylangan oxirgi postning namoyishi 180 ta
- Reklama postingizni 800 ta odam ko`rgan.
- Reklama sotib olgan kanalingizda 2000 ta obunachi bo`lgan.
Endi xulosa qilamiz:
Oxirgi postingiz – o`rtacha postlaringiz namoyishi = 180 – 65 = 115 ta yangi namoyish. Demak, reklama postingizni 800 ta odam ko`rganu, unga 115 ta odam bosib ko`rgan.
Kanalingizga kirgan 115 ta odamdan 30 tasi obunachiga aylangan.
Agar yangi namoyishlar (115ta) reklama postingiz namoyishlari (800 ta) ga nisbatan judayam past bo`lsa:
- Reklama buyurtma bergan kanalingiz aktiv emas
- Reklama postingiz sifatli emas va u yetarlicha obunachilarni jalb qila olmagan.
- Sizga tematikasi yaqin bo`lmagan kanaldan reklama sotib olgansiz va u kanal auditoriyasiga to`g`ri kelmagan.
Agar yangi namoyishlar (115 ta) bo`lib, kanalingizga kirgan yangi obunachilar (30 ta) kam bo`lsa:
- Kanalingiz yangi obunachilar uchun qiziq emas
- Reklama postingiz kanal mavzusiga to`g`ri kelmagan. Obunachilar aldangan
Eng qizig`i, reklama sotib olgan kanalingizda 5000 ta odam, lekin reklama postingizni 1000 ta odam ko`rgan bo`lsa, unda siz nakrutka qilingan kanaldan reklama sotib olgan bo`lasiz.
Reklama sotib oling va natijani yuqoridagi xulosalarga solishtirib ko`ring.
Manba: webology.uz
[…] Tavsiya qilamiz: Pullik reklama sotib olish […]