Postbot ni ishlatish

Kanalingizni rivojlantirish davomida reklama sotib olish va reklama almashishingizga to`g`ri keladi. Bu jarayonni yanada qulay va oson qilish maqsadida telegramda maxsus bot – Postbot bor.

Mazkur bot orqali siz reklama postlarini yasashingiz, post ostiga tugmachalar o`rnatishingiz va ularni saqlab qo`yishingiz mumkin.

Postbotni ishlatish uchun avval uni ichiga kiramiz. Buning uchun qidiruv maydoniga Postbot deb yozamiz:

Postbot ni ishlatish
Postbot ni ishlatish

Botni ichiga kirib, START tugmachasini bosamiz.

Yangi reklama postini yaratish uchun Создать пост tugmachasiga bosamiz.

Reklama postini yasash uchun 4 ta format beriladi: Matn, GIF, Rasmli va Video.

Ayni damda Rasm formatidagi reklama postlari ommalashgan. Namuna sifatida shu variantni ko`ramiz.

Картинка tugmachasini bosamiz.

Postbot ni ishlatish

Botga kerakli rasmni yuborish kerak. Faqat yuborish jarayonida Описание (Rasm ta`rifi) ga kerakli reklama matnini yozing va botga yuboring.

Rasm yuborilgandan so`ng, bot sizga Reklama postingiz ostiga tugmacha o`rnatishni taklif qiladi. Agar tugmacha o`rnatish niyyatingiz bo`lmasa Оставить без кнопок tugmachasiga bosing.

Tugmacha o`rnatishni masalahat bergan bo`lar edim. Sababi, odamlar reklama postini ko`rganda kerakli manzilga o`tish uchun tayyor tugmachani bosadilar.

Tugmacha qo`yish uchun botga quyidagi formatda ma`lumot yuborish kerak:

[Tugmacha matni1 + http://ssilkamanzili]

[Tugmacha matni2 + http://ssilkamanzili]

[Tugmacha matni3 + http://ssilkamanzili]

[Tugmacha matni4 + http://ssilkamanzili]

Postbot ni ishlatish

Bitta postga bir yoki bir nechta tugmachalar o`rnatish mumkin. Bu sizni hohish va fantaziyangizga bog`liq.

Barcha kerakli kodlarni yuborib bo`lgandan so`ng, Готово tugmachasiga bosing.

Postbot sizga o`z reklamangizni maxsus kodini beradi. Bu kodni matn yozish maydoniga qo`yib jo`natsangiz, siz yasagan reklama jo`natiladi.

Agar reklama postini saqlab qo`yishni va kerakli paytda uni oson topishni istasangiz Добавить в избранное tugmachasiga bosing.

Postbot ni ishlatish

Reklama almashish yoki sotib olish jarayonida aynan shu kodni jo`natasiz. Hozir bu standart jarayon bo`lgani uchun deyarli barcha adminlar Postbotdan foydalanishadi.

Postbot ni ishlatish

Kodni kerakli adminga yuborish jarayonida uni matn ko`rinishida jo`natish lozim. Buning uchun @ belgisidan oldin istagan belgi, son yoki istalgan harf qo`yish kerak.

Tabriklayman, sizning birinchi reklama postingiz tayyor. Huddi shu usul orqali Video va GIF ko`rinishidagi reklama postlarini ham yasash mumkin. Tajriba ortirish maqsadida boshqa usullarni ham sinab ko`rishni maslahat beraman.

Maqola bo`yicha savollaringiz bo`lsa, komentariya bo`limida kutib qolaman.

Manba: webology.uz

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CAPTCHA ImageChange Image