Obunachilarni jalb qilishning eng arzon usuli

Posted by

Reading Time: 2 minutes
   Reading time 4 mins

Kanalga obunachilarni jalb qilishning eng samarador yo`li bu – Reklama sotib olish. Lekin, byudjet cheklangan bo`lsa nima qilamiz ?

Пример HTML-страницы

Obunachilarni jalb qilishning tekin yo`llari ham bor. Keling ular bilan birma bir tanishib chiqamiz:

INVAYT ORQALI

Odatda telegram kanalga kontaktingizdan 200 kishini jalb qilsa bo`ladi. Bu sizga proektingizni start berishi uchun kichik yordam. Buning uchun kanalingiz infosiga kiring va Подписчики tugmachasini bosin. Yangi ochilgan oynadan Добавить подписчика ga kiring.

REKLAMA ALMASHISH

Telegramda kanalingiz tematikasiga yaqin boshqa kanallar bilan reklama almashsangiz bo`ladi. Bu jarayon Взаимопиар (ВП yoki VP) deb ataladi. Bunda, siz kanalingiz tematikasiga va statistikasiga (obunachilar soni, namoyishlar) yaqin boshqa kanalni topib, uning admini bilan reklama almashishga kelishasiz.

Kerakli kanallarni : uztelegram.com va tgstat.ru saytlaridan topsangiz bo’ladi.

Agar admin rozi bo`lsa, biron vaqtni tanlab, usha vaqtda kanallaringizga biri biringizni reklamangizni joylaysiz. Kelishilgan vaqt nihoyasiga yetgandan so`ng, kanaldan reklamani o`chirib tashlaysiz.

VP qilmoqchi bo`lgan adminingiz bilan muzokara o`tkazish vaqtida quyidagi shartlaringizni ayting va siz ham shu shartlarga rozi ekaningizni bildiring:

  • Reklama posti 1 soat TOP da turishi kerak (Reklama posti kanalga joylangandan 1 soat o`tib, boshqa postlarni joylash kerak. Shunda, reklamalaringiz lentada 1 soat birinchi bo`lib turadi va maksimal darajada e`tiborni tortadi)
  • Reklama postidan so`ng, boshqa kanalni reklamasini joylamaslik. Ya`ni, bir kunda bitta reklama. (Kanalga tez-tez reklama joylaydigan adminlar asosan sifatsiz kontent tayyorlashadi va obunachilarga tupurishadi. Bir kunda 1 ta reklama bu eng yaxshi variant va bu sizning reklamangiz bo`lishi kerak.)
  • Reklama lentada 24 soat turadi. 24 soatdan keyin reklamani behijolat o`chirib tashlayverasiz.

INSTAGRAM dan obunachilarni jalb qilish

Instagram faqat fotolar uchun desangiz adashasiz. Instagramda ham telegram kabi katta pullar aylanadi. Odatda, uning auditoriyasi to`lash qobiliyati yuqori bo`lgan odamlar. Ho`sh, unda qanday qilib instagramdan telegramga odam tortsa bo`ladi ?

Instagram fotokontent uchun mo`ljallangan, shu sabab eng yaxshi postlarimizni rasm ko`rinishiga integratsiya qilamiz.

Masalan: Faktlar haqida kanalingiz bor. Telegramda kontent rasm va uning ta`rifida fakt matni bo`lsa. Instagramda integratsiya qilish uchun, fakt matnini rasm ostiga yozing. Shunda tayyor mediakontent bo`ladi.

Agar avtomobillarga aloqador kanal bo`lsa, mashinalar rasmlarini yuklang. U yog`i fantaziyangizga bog`liq.

Muhimi, har bir rasmda albatta telegram kanalning url manzili yozilgan bo`lsin.

Endi quyidagi harakatlarni bajaramiz:

  • Instagramdan ro`yhatdan o`tamiz. Profil loginiga telegram kanalimiz loginiga yaqin (agar band bo`lmasa huddi shunaqa) nom tanlaymiz.
  • Akkauntning О себе (profil ta`rifi) maydoniga TELEGRAM KANALIMIZ URL MANZILINI yozamiz.
  • Instagramga kanalimizdan integratsiya qilingan rasmlarni yuklaymiz. Yuklash jarayonida rasm ta`rifiga qisqacha matn va telegram kanalimiz url sini yozamiz. Ta`rif oxiriga sohamizga tegishli so`zlarni # bilan yozamiz (Masalan: #avto,#mashina,#motor) va quyidagilarni qo`shimcha qilamiz:
  • Instagramdan tematikamizga mos profillarga follow (obuna) bo`lamiz va kutamiz. Tez orada bizning profilimizga ham odamlar obuna bo`lishni boshlaydi. Tabiiyki ular kanalingizga ssilkani ko`radi va kanalga o`tadi.

1 kunda 20-30 ta tematik profillarga obuna bo`ling va instagramga 1-2 ta post yuklang. Tematik profillarning postlariga Layklar qo`yib chiqing.

Boshqa saytlardan foydalanish

Internetdagi erkin maqola yozish uchun mo`ljallangan portallarda kanalingiz mavzusiga doim maqola yozing va unda kanalingizga ssilka qoldiring. Maqolangizni o`qigan odam albatta ssilkaga ham kiradi.

Masalan: Fikr.uz

Savol-Javoblar saytida kanalingiz tematikasiga mos savollarga javob bering va o`rni kelganda kanalingiz ssilkasini qoldirib keting.

Savol-Javob saytlar: https://qnbuz.net

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI KOMENTARIYALAR

Youtube videoxostingida istalgan videoga komentariya qoldirishingiz mumkin. Eng dolzarb va trenddagi videolarga o`z fikringizni qoldiring va izoh so`ngida kanalingizga ssilka qoldiring.

Facebook, odnoklassiki, vkontakte dagi mashxur guruh va sahifalarda ommabop maqolalarga fikr qoldiring va izoh ichida kanal ssilkasini reklama ekanligni sezdirmasdan joylashtiring. Agar tizim ochiq reklamani aniqlasa, profilingizni bloklab qo`yadi.

Eslatib o`taman, bu tekin usullar shu sababli, ulardagi samara reklama sotib olishdagi samaraga qaraganda pastroq bo`ladi. Yuqoridagi usullardan natija olish o`z harakatingizga bog`liq.

Manba: webology.uz

Пример HTML-страницы

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights