Nakrutka nima va qanday aniqlanadi ?

Nakrutka nima va qanday aniqlanadi ?

Nakrutka – kanal ko`rsatkichilarini sun`iy ravishda oshirish. Masalan: Obunachilar yoki postlarning namoyishini.

Table of Contents

Nakrutka orqali kanalga real odamlar emas, balki botlar yoki profili anchadan beri aktiv bo’lmagan odamlar qo`shiladi.

Nega nakrutka qilishadi ?

Kanalni ommalashtirish uchun obunachilarni yig`ish va kanal aktivligin ko`tarish kerak. Ana undan keyin bu kanalda reklama sotib daromad olsa bo`ladi. Bu natijaga erishish uchun mehnat, sabr va bilim kerak.

Lekin, bu qiyin yo`lni aylanib o`tsa ham bo`ladi. Shunchaki, nakrutka qiladigan dastur yoki “Nakrutkachi “ larga murojaat qilinsa bo`ldi.

Ular arzimagan pulga kanalga 1000 va undan oshiq “odam” qo`shib beradi. Hozir ko’p adminlar Nakrutka orqali kanalga 10.000 dan 100.000 gacha odam qo`shib, reklama sotib daromad olishadi.

Siz kanalni analiz qilishni bilasizmi ? Yo’q ? U holda siz nakrutka qilingan kanaldan reklama sotib olish imkoniyatingiz ikki barobar yuqori. Nakrutka qilingan kanallar aynan yosh va tajribasizlarning ortidan daromad olishadi.

 Nakrutka qanday aniqlanadi ?

Nakrutkani aniqlashni 2 ta yo`li bor.

  • Oddiy analiz: Kanal obunachilari sonini 1-2 kun oldingi postlarning namoyishlarini o`rtachasi.

Masalan: Kanalda 100.000 ta obunachi bor. Lekin, postlarning o`rtacha namoyishi 15k (15.000 atrofida).

100.000 / 15.000 = 6.6%. – (Bu ko`rsatkich %ERR deb ataladi.)

ERR ko’rsatichi orqali admin joylayotgan postlar qanchalik auditoriyaga qiziq ekanligini ko’rsatadi va yuqoridagi formula orqali aniqlanadi.

Agar ERR 50% dan kam chiqsa, kanal auditoriyasi unchalik aktiv emas va nakrutka ehtimoli bor.

Agar shu kanalda reklama sotib olinsa, sizni reklamangizni 15.000 ga yaqin odam ko`radi. Kanalda 100.000 dan oshiq obunachi bo`lsa ham.

ERR 60-70% dan baland chiqadigan va sizni mavzuingizga mos kanallardan reklama sotib oling.

Ikkinchi yo’l bu kanalni TGstat orqali analiz qilish. Bu haqida keyingi maqolada bilib olasiz.

Nega kanalni nakrutka qilish xavfli ?

Telegramda daromad olish uchun kanal ochar ekansiz, avvalo sifatli auditoriya yig’ishga harakat qilish kerak. Chunki, sizni reklama qilayotgan maxsulotlaringizni aynan shu auditoriya sotib oladi. Agar siz nakrutka orqali aktiv emas balki o’lik auditoriyani yig’ishga harakat qilsangiz, reklama beruvchilar sizga qaytib murojaat qilmaydi. Chunki, botlar va o’chib ketgan akkauntlarga sizning taklif qilayotgan reklamangiz qiziq emas.

Agar uzoq muddatli passiv daromadni ko’zlayotgan bo’lsangiz, nakrutka qilmang.

Halol o’yin qiling va aktiv auditoriya yig’ing!

Agar sizga qiziq bo’lsa telegram bilan bog’liq boshqa maqolalarni ham o’qing.

Manba: webology.uz