Kanalda konkurslar o`tkazish.

Table of Contents

Obunachilarni jalb qilishning yana bir usuli bu – kanalda pullik yoki sovg`ali konkurslarni o`tkazish.

Avvalo konkurs uchun pul yoki sovg`ani aniqlab oling va to`lov/yetkazib berish qaysi usulda bo`lishini bildirib qo`ying. Konkurs o`tkazilayotgan muddatni belgilang.

Agar kanalingizda aktiv odam ko`p bo`lsa, 1 kun qiling. Aks xolda 3-4 kun davom ettiring. Konkurs natijalari soat nechada tayyor bo`lishini ham oldindan hal qilib oling.

Ishtirokchilar qancha ko`p bo`lsa, kanal shuncha ommalashadi.

Konkurs postini tayyorlang. Unda albatta bo`lishi kerak bo`lgan atributlar:

1. Rasm – Rasm konkurs mohiyatiga to`g`ri kelsin va unda albatta o`ynalayotgan summa yozilsin.

2. Matn – Matnda Konkurs haqida qisqacha ma`lumot, ishtirok etish uchun murojaat kontaktlari yozilsin.

Konkursni ishga tushirish bo`yicha qo`llanma

  • Kanalda konkurs bo`layotganini e`lon qiling.
  • Konkursda ishtirok etish uchun obunachilarni sizga murojaat qilishlarini so`rang. Buning uchun konkurs shartlarida albatta aloqa uchun ma`lumot qoldirib keting.
  • Konkursda qatnashish uchun: Kanalga obuna bo`lish va Konkurs e`lon qilingan postni 10 ta kontaktga yuborish kerak. Ishtirokchi ,har bir yuborgan odamlarini chatini skrinshot qilib sizga yuborishi kerak.
  • Skrinshotlar qabul qilingandan so`ng, bloknot yoki excel faylga:

Ishtirokchi tartib raqami – Har bir ishtirokchini raqamlab chiqing.

Ishtirokchi Ismi sharifi – To`liq qilib yozing.

Ishtirokchi telefon raqami – Telefon raqamini oling.

  • Bu ma`lumotlarni ishtirokchini o`ziga yuborib, uni konkursga qo`shilgani haqida habar bering.
  • Agar konkurs 1 kundan oshiq bo`lsa, kun oxirida kanalda bugun qancha odam qo`shilgani haqida ma`lumot bering. Konkurs g`olibini aniqlash bo`yicha natijalarga necha kun qolgani haqida ham ma`lumot bering.

Konkursga ishtirokchilar qabuli tugadi. Endi g`olibni qanday aniqlaymiz ?

G`olibni aniqlashda bizga random.org sayti yordam beradi. Bu serviz siz ko`rsatgan sonlar oralig`idan tasodifiy bittasini tanlab beradi.

Bir narsani yodda tutish lozim: Obunachilar o`yin haqqoniyligiga doim shubha qilishadi. Shu sabab, screen recorder yoki boshqa ekrandagi jarayonni videotasvirga yozib oluvchi dastur orqali barchasini suratga olamiz.

Demak, bizda taxminan 100 ta ishtirokchi bor. Random.org saytiga kiramiz va True Random Number Generatorning MAX maydoniga 100 ni yozamiz va Generate ni bosamiz. Sayt 1 dan 100 gacha bo`lgan ixtiyoriy sonni chiqarib beradi.

Raqam Result so’zidan keyin son ko’rinishida chiqadi (rasmda 13 soni chiqdi). G`olib, aynan shu Tartib raqamga ega ishtirokchi bo`ladi.

Endi videotasvirni to`xtatib, shu videoni kanalga joylaymiz va g`olibni ismi familyasini yozib tabriklaymiz.

G`olib shaxs bilan bog`lanib, unga to`lovni amalga oshiramiz va konkurs qanchalik haqqoniyligiga dalil sifatida audio yoki matnli habar jo`natishini so`raymiz.

G`olibdan olingan dalillarni kanalga joylaymiz. Obunachilarga nisbatan layoqatni oshirdik.

To’lovlar to’lanishiga guvoh bo’lgan obunachi, keyingi safar albatta yana konkursda ishtirok etadi.

Konkurslarni tez-tez o’tqazish orqali kanalni yanada aktiv qilasiz. Lekin, judayam tez o’tkazish yangi obunachilar oqimini pasaytirib yuboradi. Shu sabab, tanaffuslar bilan konkurslarni o’tkazing.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CAPTCHA ImageChange Image