Aktiv va Passiv kanallar farqi nimada ?

Posted by

Reading Time: 2 minutes
   Reading time 3 mins

Obunachisi ko`p kanalda reklama sotib olish – bizga ham ko`p obunachilar oqimi keladi degani emas. Reklama yasash va sotib olishdan oldin kelinglar telegramda qanday kanallar borligi haqida gaplashamiz.

Пример HTML-страницы

Aktiv kanallar – Obunachilari soni va postlarining kunlik namoyishlari soni bir biriga yaqinroq bo`lgan kanallar. Deylik, obunachisi 10.000 ta, 1 ta posti 24 soat ichida 5000-6000 ta namoyish yig`sa bu judayam aktiv kanal hisoblanadi.

Aktivlik yana postlar ostiga qo`yilgan like tugmachalari orqali ham aniqlanadi. Agar kanalga yukalanayotgan postlar haqiqatda obunachilarga qiziq bo`lsa, ular bu fikrlarini kanal ostidagi tugmachalar orqali bildirishadi.

Asosan avtorlik postlari yuklanadigan kanallar aktiv hisoblanadi. Chunki, original kontent yaratishga harakat qilgan har qanday avtor unga berilgan to’g’ri bahoga qiziqadi. Botlar va nakrutka qilingan obunachilar esa ovoz bera olmaydilar.

Avtorlik posti – Avtorning shaxsiy fikri va ijodi asosida yozilgan post. U hech qayerdan ko`chirilmagan bo`lishi kerak. Aynan shu sabab, har bir post obunachilar oldida muhokama qilinadi.

Layoqatli auditoriya – Postlarga nisbatan reaksiyalar ko`pmi, bilingki kanal avtori auditoriyasini biron harakatga unday oladi. O`z postlari bilan layk tugmachasini bosgan odam hech qanday qiyinchiliksiz reklama postidagi tugmachani ham bosadi. Shu sabab, bunday kanallardan reklama sotib olish judayam samarali. Faqat bitta minus tomoni – aktiv kanallarda reklama narxi passiv kanalga nisbatan ancha yuqori bo`ladi.

PASSIV kanallar

Passiv kanallar – Postlari avtorlik emas balki ko`chirma materiallardan iborat bo`lgan kanallar. Masalan: rasmlar, video, GIF yoki boshqa portallardan ko`chirib qo`yilgan maqolalarni o`z ichiga olgan kanallar. Postlari namoyishlari va kanal obunachilari soni o`rtasida katta farq bo`ladi.

Ko`pincha passiv kanallar nakrutka va judayam ko`p VP(reklama almashish) evaziga rivojlanadi.

Bunday kanallarda postlarga nisbatan obunachilarni reaksiyalari past bo`ladi. Chunki, obunachilar kirdim-ko`rdim-chiqdim tartibida o`zlarini tutishadi.

Passiv kanal auditoriyasi layoqatsiz bo`ladi.

Aslida telegram kanal – shaxsiy blog sifatida rivojlanishi kerak edi. Ya`ni, o`z soxasini ustalari tajribalari bilan kanallar orqali ulashishi ko`zda tutilgandi. Keyinchalik telegram yana bir Ommaviy Axborot vositasiga aylanib qoldi. Endilikda istalgan foydalanuvchi kanal ochib, unga o`zi hohlagan ma`lumotni yuklab obunachi bilan ulashishi mumkin.

Kanalga yuklanayotgan ma`lumotlarning avtori haqiqatda adminmi yoki bu materiallar boshqa tarmoqlardan ko`chirib qo`yilayaptimi tekshirishning iloji yo`q. Shu sabab, kanal adminini yuklanayotgan materiallar sabab javobgarlikga tortilmaydi.

Passiv kanallarning yagona plyus taraflaridan – ularning soni ko`p. Passiv kanallar telegram olamida juda ko`p. Eng asosiysi reklama narxi – aktiv kanalnikiga nisbatan ancha past bo`ladi.

Passiv kanalning 1 kunlik posti namoyishi katta bo’lsa, unda reklama bersangiz kuyib qolish ehtimolingiz past bo’ladi.

Yuqorida keltirgan 51.000 obunachiga ega kanalda reklama berish 2.000.000 so`m.

700.000 ta obunachiga ega Kanallani Dodasi da esa reklama berish narxi 1.000.000 so`m.

Xulosa

Kanalga avtorlik original postlarni yozish yo’lini tanlab adashmaysiz. Sizning ajoyib tajribangiz va shaxsiy fikringiz ko’pchilik odamlarga foydali bo’ladi deb o’ylayman.

Пример HTML-страницы

One response

  1. https://t.me/Qiziqarli_f Avatar
    https://t.me/Qiziqarli_f

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Verified by MonsterInsights