Telegramga username buyurtma berish

Telegramga usernamega buyurtma berish juda ham oddiy narsa bo’lib, sizda birinchi navbatda username tanlash kerak bo’ladi. Bu borada esa sizga hali ham o’qimagan bo’lsangiz “Telegram kanalga yaxshi nom tanlash” nomli maqolani o’qib chiqishni tavsiya etaman. O’qib chiqqan bo’lsangiz siz yaxshi nom tanladingiz lekin siz tanlagan nom telegram ijtimoiy tarmog’iga boshqalar tomonidan band qilingan. Yaxshi username tanlashga tanlashganku ammo keyingi bosqichlarga o’ta olishmagan yani kanlani yuritishmagan kanal ochilganicha qolib ketgan.

Siz ushbu usernameni olishingizning ikki usuli bo’lib, sizda biri o’xshamasa ikkinchisi o’xshashi yoki umuman o’xshamasligi ham mumkin. Demak yo’lar bilan tanishing.

  1. Usernameni Sotib olish
  2. Telegramga username buyurtma berish

Men choynak usernamesini olishga harakat qildim. Avval birinchi yo’lni qilib ko’rmoqchi bo’dim, afsuski o’xshamadi chunki bu username band qilgan telegram foydalanuvchisi o’z aloqa ma’lumotlarini qoldirmagan. Men sotib olishga tayyor bo’lsam ham ular bilan bog’lana olmayman. Agar siz yanxshi username band qilgan bo’lsangiz lekin undan foydalanmayotgan bo’lsangiz (avvalo undan foydalaning yaxshi username yaxshi kanal degani albatta kanal to’g’ri va nomiga mos tarizda yuritilsa albatta) kanal infosida shaxsiy telegram usernameingini qoldiring. Agar menga o’xshagan sotib olishga tayyor bo’lgan insonlar siz bilan bog’lanishlar oson bo’ladi.

Menda ham o’zimga yoqan usernamelarni saqlab qo’ygan edim. Bir kuni menga telegram orqali bir kishi aloqaga chiqdi. Men unga 200ming so’m deb aytdim. Mendan u arzonroq qilib berishimni so’radi. Men unga oxiri narxi 100ming somga beraman deb aytdim lekin u mendan 60-70ming so’radi men unga aytdim oxiri 100ming deb lekin u mendan yanayam arzonroq olish niyatida maydalab qosha boshladi meni achig’im chiqib bo’ldi sotmayman endi 200ming bersangiz sotaman dedim. Keyin u hop 100ming beraman karta raqamingizni yuboring deb xabar jonatdi men 200minga bo’lsa sotaman bo’lmasa sotmasligimni aytdim. U 200ming o’tgazishga rozi bo’ldi va menga o’kazdi va men ham unga usernameni berdim. Men uni sotganimga bir yildan oshdi. u paytda 200ming zo’r pul edi. Shu o’rinda usernameni ham aytib o’tishni joiz deb bildim. Men sotgan username “TADBIRKORLAR” usernamesi edi. Username sotib ham yaxshi daromad qilish mumkin faqat bir marta holos.

Endi Mavzuga qaytsak men choynak usernamesini olishga harakat qiligan birinchi yo’lim ish bermadi. Men ikkinchi va eng yaxshi yo’lni sinab ko’rmoqchi bo’ldim va men telegramdagi Username_bot ga murojat qildim.

Men ularga choynak usernamesini berishlarini so’radim ular menga siz instagram, facebook, twitterlarda ushbu usernamening egasimisiz degan savol berdi. Men afsuski ushu usernamening hech bir ijtimoiy tarmog’iga egalik qilmayman deb yubordim. Ular ham menga javoban biz ham sizga yordam bera olmaymiz deya quydagi so’zlarni jonatdi.

Agar siz men sanab otgan ijtimoiy tarmoqdagi usernamelarga ham egalik qilsangiz sizga usernameni kimda bo’lishidan qatiy nazar sizga olib beradi.

Men buni sizga ishonch bilan aytayotganimning sababi ham bor chunki men boshqa foydalanuvchi nomi orqali buni sinab ko’rdim.

username
username olish jarayoni

Men buni tafsilot usernamesi orqali sinab ko’rdim. Menga ular haqiqatgan ham boshqa tarmoqdagi usernamelar menga tegishli ekanligini tekshirish uchun menga maxsus matn beishdi man huddi o’sha matn – “This post is for Telegram. I want to get the username t.me/tafsilot” ushbu matni mendan ijtimoy tarmoqlarga post tariqasida joylashimni aytishdi. Men ular aytganiday qildim va ushbu matini joylashtirdim. So’ng ular mendan shu post havolasini so’rashdi men ularni ham birma bir jo’natdim.

Kuting

Shundan so’ng esa menga ular kiting biz sizga tez orada habar beramiz va siz joylagan postlarni ochirib yubormang deya ogohlantirdi.

transfer

Oradan ikki kun o’tib username mening nomimga muafaqiyatli o’tkazilganligi haqida habar keldi. Men buni tekshirib ko’rdim haqiqatdan ham ular mening shaxsiy foydalanuvchi nomimga tafsilot usernamesini o’tkazib qo’yishibdi.

Xulosa o’rnida sizda usernameni boshqa tarmoqlarda ham ochganingiz maqul. Agar qachondir sizning usernamengini boshqalar olib qo’yish xafi ham bor shuni ham inobatga olib qo’ying.