Samarali reklamaning 3 siri

Men qulupnayni yaxshi ko’raman. Lekin, baliq oviga ketayotganimda chuvalchanglarni olaman. Chunki, baliqga qulupnay emas balki chuvalchanglar yoqadi.

Deyl Karnegi

Reklama sotib olayotganda obunachilarga “chuvalchang” o`rniga qulupnay taklif qilayotgan “omadli jentlmenlar” uchun alohida salom. Bugun sizlar bilan dolzarb muammo, “Samarali reklama sotib olish” mavzusida suhbat yuritamiz.

Aktiv bo’lmagan kanal

Samarali reklamaning 3 siri

Kanal auditoriyasi turga bo`linadi:

Samarali reklamaning 3 siri

Aktiv – Obunachilar postlarga layk bosishadi, ularga fikr bildirishadi va so`rovnomalarda ishtirok etishadi.

Passiv – Obunachilar postlarni shunchaki o`qib chiqib ketishadi. Bunday kanallarda qisqa, zerikarli yoki ko`p ucharydigan, unikal bo`lmagan(ko`chirma) yoki umuman real hayot uchun hech qanday ahamiyatga ega bo`lmagan postlar nashr qilinadi.

Aktiv kanallarning hammasi ham layoqatli auditoriyaga ega emas. Auditoriya layoqatli bo`lishi uchun uni unikal avtorlik kontenti bilan siylash kerak. Kanal avtoriga ishongan obunachilar u taklif qilgan har qanday reklamani hazm qilib yuborishadi.

Auditoriyasi passiv kanallarning obunachilar ko`p, postlar namoyishi o`rtacha lekin reklamaga nisbatan toqati bo`lmaydi. Shu sabab, bunday kanallarda reklama sotib olish arzon bo`lishi kerak.

Passiv auditoriyaga unikal kontentga ega bo`lmagan kanallar kiradi. Masalan: Prikollar, Memlar, Statuslar, Statusli rasmlar, oboylar.

Auditoriyani aniqlay olmaslik

Samarali reklamaning 3 siri

Reklama sotib olish jarayoni 3 qismga bo`linadi:

Auditoriyani to`g`ri aniqlash – > Reklama tayyorlash – > To`g`ri DONOR topish

(DONOR – siz reklama sotib olmoqchi bo`lgan kanal).

Masalan, ingliz tilini o`rgatadigan kanal obunachilari ko`p qismi : 18-30 yoshdagi odamlar. O`qiydi yoki o`qib turib ishlaydi. Oylik o`rtacha daromadi 1.500.000 so’m. 70% yigitlar. Tilga qiziqadi.

Bu ma`lumotlarni to`g`ri analiz qilgan holda, siz qaysi kanaldan reklama sotib olish kerakligini aniqlashingiz lozim. Shunchaki o`ylab ko`ring:

Tilga qiziqadigan talabalar ko`proq qaysi kanallarda vaqtlarini o`tkazishadi ?

Qisqacha layfhak: Ko`p hollarda sizning kanalingiz mavzusiga mos boshqa kanallardan reklama sotib olish ham yaxshi natija beradi. Chunki, siz tayyor yig`ilgan auditoriyani jalb qilasiz.

Agar shuncha ma`lumotdan keyin ham oshpazlikga aloqador kanallardan reklama sotib olsangiz, unda ming bor uzur. Ayb auditoriyada emas, sizning yelkangiz tepasida joylashgan sharsimon buyumda ekan.

“O`xshamagan” reklama

Samarali reklamaning 3 siri

Reklama tayyorlash 100% ijodiy jarayon. Uni tayyorlash qoidalari son mingta, lekin sizlar bilan eng ommaboplarini bo`lishamiz:

1. Yumoristik reklama tez yodda qoladi.

2. Reklama matnini esda qoladigan va qisqa qilish kerak

3. Auditoriyangiz muammolarini to`g`ri aniqlang. Sizga tegishli sohada ularni qanday muammolar qiynaydi va ulardan reklama matnida foydalananing.

Xulosa o’rnida…

Agar reklamangiz har safar sizga samara berishini hohlasangiz:

1. Kanalingiz auditoriyasi qaysi kanallarda vaqt o`tkazishini to`g`ri aniqlang.

2. Faqat aktiv kanallardan reklama sotib oling .

3. Reklama matni va formati ustida ishlashga erinmang. Auditoriyangiz muammolarini to`g`ri tahlil qiling va kanalingiz ularga yechim berishiga obunachilarni ishontiring.

4. Yuqoridagi qoidalarga tupuring va o`zingiz nimani to`g`ri deb bilsangiz, shu ishni qiling!. Chunki, har qanday qoida va chegaralar ijodiy ilhomni cheklab qo`yadi.(har doim ham bu maslahatga amal qilmang)

Manba: webology.uz