Reklama yasash sirlari

Reklama matnini yasashdan oldin quyidagi savollarga javob bering:

  • Kanalingizni nima haqida ?
  • Kanalingizdagi ma`lumot qaysi muammoga yechim beradi ?
  • Nega obunachilar AYNAN sizni kanalingizga a`zo bo`lishi kerak ?

Quyidagi uch savolga javob berish orqali reklama matnidagi kalit so`zlarini (Kanalingiz maqsadi, muammolarga yechib bera olishi va raqobatdoshlaringizdan ustun tarafingiz) belgilab beradi.

Bu kalit so`zlarni aniqlab olish – reklama matnini yasash jarayonini 2 barobar oshiradi.

Endi reklama turlariga kelsak. Reklama turlari judayam ko`p, lekin vaqt o`tishi bilan eng samaralilari tirik qoladi. Quyida sizlarga samarasi nisbatan yuqori bo`lgan reklama yasash texnikalarini misol qilaman.

Reklama matnida nimalar bo`lishi kerak ?

Reklama matnida doim sizni kanalingiz sohasiga tegishli muammolarni yozish kerak. Hammasini emas, eng muhim 2-3 tasini. Keyin kanalingiz bu muammolarni qanday barham berishi haqida yozing. Muammo bor edi, siz unga yechim berdingiz.

Lekin, bunday muammolarni yechish bilan boshqa odamlar ham shug`ullanadi ya`ni sizni raqobatdoshlaringiz. Sizni ulardan qaysi sifatlaringiz bilan ajralib turishingizni yozing.

Obunachilarga, sizga yo`q deya olmaydigan taklifni bering!

Nativ reklama

Bu reklamani ko`pincha Jonli reklama ham deyishadi. Chunki bunda, reklama yashirin tarzda maqola yoki matn ostiga berkitilgan bo`ladi. Bu to`g`ridan to`g`ri reklama emas, balki maslahat ko`rinishida bo`ladi.

Ayni damda doktorlar shu reklama turidan foydalanib, bemorlarni turli klinikalarga yuborishadi yoki dorilarni harid qildirishadi. Bir eslab ko`ring: Do`mirobotda yaxshi MRT bor, hozir faqat shular sifatli tashxis qilishadi desa, AMERIKADA bo`lsangiz ham Do`mbirobotga uchib borasiz.

Nega ? Chunki doktor siz uchun ishonchli odam va uning har bir so`zi siz uchun muhim ma`lumot.

Huddi shunday, siz reklama sotib olmoqchi bo`lgan admin ham o`z obunachilari uchun ishonchli odam va uning tavsiyalariga ko`pchilik amal qiladi.

Aytgancha, muhim ma`lumotlardan biri – Reklama sotib olayotgan kanalingiz mavzusi siznikiga yaqin bo`lishi kerak. Huddi: doktorlar dorini, modellar kosmetikani, ustalar drellarni reklama qilganidek. Yana oshpazdan kompyuterni reklama qilishni so`ramang (hazil).

Peshonaga reklama

Eng samarasiz reklama bo`lib, bunday reklamani ko`pincha obunachilari judayam ko`p lekin layoqatsiz mediakanallardan buyurtma qilinadi. Bu huddi yirtiq to`r bilan baliq tutishga o`xshaydi. To`rga tushgan baliqlarni hammasi ham qochib keta olmaganidek, obunachilarni bir qismi baribir kanalingizga kiradi. Lekin juda kam. Ko`pincha bu reklamalarda kanal mavzusiga aloqador bo`lmagan matnlar ishlatiladi.

Maqsad nimadir qilib, obunachini reklamaga jalb qilish va kanalga kirishga majbur qilish. Bunday reklamalarni nafaqat yasash balki o`zingizni kanalingizda qo`yishni maslahat bermayman.

Storitelling – hikoya aytish orqali reklama

Hikoyalar inson ongiga mo`jizaviy tarzda ta`sir qiladi. Yoshligimizda ertaklar, maktabda ibratli hikoyalar, aqlimizni taniganda hadislar va qissalarni eshitamiz. Hikoyalarning xulosasi biz uchun doim qiziq bo`lgan. Shuni bilgan holda, qisqa hikoyachalar yordamida reklama tuzish mumkin. Quyida siz uchun maxsus formulalar bor. Ular sizga qo`shimcha ilhom beradi:

Uch akt reklamasi

Kirish qismi – Sahna va personajlarni tanishtiring. Istagan makon va shaxsni tanlang.

Muammo – Muammo paydo bo`ldi, uni yoritamiz. Unga barham bermasa qanday salbiy natijalarga olib kelishini tushuntiring.

Yechim – Muammoga yechim berildi. Kanalingiz bu muammolarga qanday barham berishi haqida yozing.

Alisher bloger bo`lishga judayam qiziqadi. Bu sohaga oid maqola va adabiyotlar kam lekin Alisher nimadan boshlashni biladi. Bloger.uz sayti bilan blogerlik sohasidagi tajribangizni oshiring!

Oldin – Keyin – Kop`rik

Sohangizga tegishli muammoni va uni yechimini ayting. Keyin shu natijaga qanday erishish haqida yozing.

Dunyodagi barcha yangiliklarni kuzatish ko`p vaqt talab qiladi. Eng muhim va dolzarb maqolalardan habardor bo`lish uchun 5 daqiqa sarflasangizchi ? @kun.uz bilan eng muhim yangiliklar markazida bo`ling.

Muammo – Muammoni yoritish – Yechim

Muammo bilan tanishtirganingizdan so`ng, uni bo`rttirish va shu muammoni hal qilmasa bo`lmasligini ko`rsating. Keyin yechim bering.

Biznes – bu ajoyib. Lekin soliqlar va qonundagi o`zgarishlardan behabar qolish siz uchun katta jarimaga aylanishi mumkin. Soliqlar.uz – sizga soliq sohasidagi eng aktual yangiliklardan habardor qiladi.

Saymonning oltin aylanasi

Nega – Nega kanal ochilgan, uning maqsadi nima ?

Qanday – U o`z nomini oqlash uchun qanday yo`l tutayapti ?

Nima – Maqsadga erishish uchun nima qilayapti ?

@avtoelon kanali orqali shu oyda 100 dan oshiq mashinalar sotildi. Biz kanalimizni yanada kengaytirib, sotuvchi va oluvchilarni bir birini topishga yordam bermoqchimiz. Buning uchun nafaqat telegram balki instagram va facebookda ham o`z sahifalarimizga egamiz.

@avtoelon – biz bilan sotish oson.

Deyl Karnegi formulasi

Muammoli holat – Yechim topish uchun harakat – Natija

Sohangizda uchragan, o`z tajribangizga tegishli muammoni keltiring. Muammoni yechish uchun qilgan harakatlaringiz va erishgan natijangiz haqida yozing.

Uyimni sotish maqsadida turli agentliklar va kanallarga murojaat qildim. Internetdan foyda yo`q deb o`ylaganimda, UY sotaman kanaliga duch keldim. Uy sotaman adminlariga murojaat qildim va 10 daqiqa ichida e`lonim kanalga joylandi va tezda sotildi. Yangi uyni ham shu kanal orqali topdim.

Endi uy oldi sotdisi bilan bog`liq muammolarim yo`q.

Yulduz – Arqon – Ilgak

Bu formula orqali oldin e`tiborni o`zimizga qaratamiz. Bu e`tiborni hohishga va unga erishish uchun qilinadigan harakatga aylantiramiz.

Atigi 1 oy ichida Telegramda o`z biznesingizga ega bo`ling. Sizga 100 dan ortiq eng sifatli va aktual maqolalar, formulalar va mutaxassislar yordam beradi. Bu hali hammasi emas, siz maxsus guruhga a`zo bo`lasiz va hamfikrlaringiz bilan yangi g`oyalarga qanot berasiz. Joylarni band qilishga Shoshiling va 15% chegirmaga ega bo`ling.

Bu formulalar sizga yangi va ajoyib reklamalar yasashda yordam beradi degan umiddaman. Sinab ko’rishdan cho’chimang. Doim olg’a intiling va yangi shedevrlarni yarating.

Leave a Comment

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

CAPTCHA ImageChange Image

uz_UZUzbek