Qiziqarli maqola yozish sirlari

Qiziqarli maqola yozish sirlari juda oddiy bo’lib, obunachilar bilan ulashayotgan maqolangiz ular uchun foydali bo`lishi va shu bilan birgalikda qiziqarli bo`lishi va uni oxirgacha o`qishga undashi zarur.

Shu sabab, maqola yozayotganda oldimizga 3 ta maqsad qo`yishimiz kerak:

  • Maqola o`zida foyda olib kelishi va biron muammoni xal qilishi
  • Maqola qiziqarli bo`lishi
  • Maqolani oxirgacha o`qishga undash

Maqola o`zida foyda olib kelishi — bu uni yozishdan ko`zlangan asosiy maqsad. Ozingizni aqlliroq qilib ko`rsatish uchun maqola hajmini sun`iy ravishda ko`paytirmang. Kerakli ma`lumotni qisqa va lo`nda qilib qo`ying. Maqolangizni o’qishdan odamlar foyda topsin. Ya’ni siz berayotgan ma’lumot ularni savollariga javob yoki muammolarini yechimini berishi kerak.

Maqola qiziqarli bo`lishi uchun — uni yozishdan oldin maqola sxemasini tuzib oling.

Avval, maqola boshida kichik anons bering va sekin asta maqolaning asl ma`nosi (avji) tomon obunachini olib boring.

Maqolani kulminatsion nuqtasiga yetganingizda obunachi maqolaga to`la qiziqib qolishi va oxiri nima bilan tugashiga qiziqib qolishi kerak. Barcha kulminatsion nuqtalarni birdaniga ochib tashlamang. Aks xolda, mohiyatni darrov tushungan obunachi uni oxirigacha o’qimaydi.

Maqola oxiriga yetib borgani sari, sekin asta obunachini hulosa tomon olib boring.

Yana bir formula bu :

Anons — qismida obunachi maqolani o’qishdan qanday naf olishini yozing

Muammo — Siz barham berayotgan muammoni bo’rttirib, uni yechish qanchalik muhim ekanligini ko’rsating

Yechim — Muammoga yechim bering

Qo’shimcha maslahat — Bu xato takrorlanmasligi yoki muammo to’liq yechilishi uchun qo’shimcha maslahat

Xulosa — Xulosa qismida shaxsiy fikringizni bildiring.

Maqola oxirigacha o`qilishi uchun – maqola anonsi ya`ni boshida obunachiga “maqola so`ngida uni syurpriz/qiziqarli ma`lumot/sirli ma`lumot/kutilmagan yechim” va shunga o`xshash so`zlar bilan qiziqtiring va albatta, hulosa qismida ularga shu narsani bering.