Qayerdan kontent olish mumkin ?

Kanal ochildi, ma`lumotlar sekin asta joylanmoqda. Statistika ko`rsatadiki, ish boshlagan vaqtda sizda ishtiyoq, qiziqish va motivatsiya darajasi yuqori bo`ladi. Siz o`zingizni cheksiz ma`lumotlar bazasidek xis qilasiz. Lekin, afsuski 1-2 oydan so`ng, kanalga joylash uchun yangi ma`lumot qidirib qolasiz.

Sizda kontent tanqisligi yuz beradi. Bu yetishmovchilikga barham bermasak, kanal sekin asta obunachilarini yo`qotadi va yopilib ketishi ham mumkin.

Cheksiz kontent manbaini qayerdan olsa bo`ladi ?

  • Youtube.com – Eng mashxur videoxostingdan kanalingiz tematikasiga mos videolarni toping, ularni tomosha qiling va shu asosida yangi maqola yozing. Agar videolarni ulashsangiz, youtube dangi uzun videolarni bo`laklarga bo`lib kanalga joylang.
  • Tematik forumlar – Google dan kanalingiz tematikasiga mos forumlarni toping va sizni soxangizda ayni damda muhokama bo`layotgan mavzuni topib uni yoriting.
  • Ijtimoiy tarmoqlar – Ijtimoiy tarmoqlardan kanalingiz tematikasiga mos sahifa/guruhlar ni toping va u yerdan kanalga yangi kontent uchun maqola yoki mavzu topishga harakat qiling. Tematik sahifalarni quyidagi servizlar orqali topishingiz mumkin:

Vkontakte — https://allsocial.ru/communities/

Telegram — https://allsocial.ru/telegram/channels/

YandexZEN — https://www.t30p.ru/Zen.aspx

Instagram — https://www.t30p.ru/Instagram.aspx

Youtube — https://www.t30p.ru/y

Facebook — https://www.t30p.ru/FaceBook.aspx

Twittier — https://www.t30p.ru/Twitter.aspx

  • Savol javob saytlari – Ko’pincha savol javob servizlarida ko’pchilikni qiziqtirayotgan mavzularda savollar beriladi. Mazkur servizlarda sizga tegishli va ko`p ko`rilgan mavzularni olib yoriting. Shu usul orqali siz trendga moslashib olishingiz ham mumkin.
  • savollar.islom.uz
  • qnbuz.net
  • otvet.mail.ru
  • thequestion.ru
  • Tarjima – Agar rus yoki ingliz tilini bilsangiz, chet el saytlaridan ma`lumotlarni tarjima qilishingiz mumkin.
  • Rerayt – Boshqa kanallarda siz obunachilaringiz bilan bo`lishishni hohlagan qiziqarli maqola chiqib qoldi lekin uni ko`chirib qo`yish obro`ingizga to`g`ri kelmaydimi ? Maqolani o`qib chiqing va kichik o`zgartirishlar orqali unikal maqola yarating.
  • Yangiliklarni unutmang – Yangi maqola uchun g`oyani yangiliklar portallaridan olishingiz mumkin.

Kun.uz va Daryo.uz saytlari

Mavzularni tekshirish

Yangi kontent uchun mavzu topish u omadli bo`ladi degani emas. Kontent talab va taklif tizimi asosda ishlaydi. Shu sabab, siz topgan yangi mavzuni qanchalik ommabop ekanini tekshirish lozim. Buning uchun mashxur 2 ta serviz bor:

Google trendlar orqali — https://trends.google.com/trends/?geo=UZ

Yandex Wordstat orqali — https://wordstat.yandex.ru

Yuqoridagi saytlarga yangi maqolangizga tegishli so`zlar yoki to`liq mavzu nomini yozing. Trendlar va Wordstat bu so`rovga 1 oy davomida qancha obunachilar murojaat qilishganini ko`rsatadi.

Manba: webology.uz