NFC’ga ega dunyodagi eng mustahkam smartfon iPhone 11 bilan o‘zaro taqqoslandi (video)

4 hafta agoGulomboyNo Comments

Avgust oyida Ulefone kompaniyasi 5G aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi himoyalangan dunyodagi ilk telefonni taqdim etishini ma’lum qilgandi. Endi esa ishlab chiqaruvchi modelning muddatiga aniqlik kiritdi. Ulefoni Armor 8 5G noyabr oxirida 1000 dollar narxida sotuvga chiqarilishi kerak, deb xabar beradi IXBT.

Foto: IXBT

Shuningdek, ishlab chiqaruvchi beshinchi avlod Ulefoni Armor 8 5G va iPhone 11 4G’ning o‘zaro ishlashi taqqoslangan video paydo bo‘ldi. Armor 8 5G’ning ma’lumotlarni yuklab olish tezligi 450 Mbit/soniyani tashkil etgan bo‘lsa, yuklash tezligi 114 Mbit/soniyaga teng. Shu bilan birga, iPhone 11’da esa ma’lumotlarni uzatish tezligi maksimum 40 Mbit/soniyaga yetgan.

Smartfon sakkiz yadroli, bir kristalli MediaTek Dimensity 800 bazasida yaratilgan bo‘lib, unga 8 gigabayt tezkor va 128 gigabayt ichki xotira o‘rnatilgan. Qurilma ekranining o‘lchami 6,7 dyuymni tashkil etadi, frontal kamerasi esa tomchisimon qirqim ostiga joylashtirilgan.

Ulefoni Armor 8 esa 6,1 dyuymli displey, SoC Helio P60 protsessor, uchtalik kamera va sig‘imi 5580 mA/soatga teng akkumulyatorga ega bo‘ladi. Ushbu smartfon 140 dollarga baholangan.

Fikr bildirish